Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” xodimlari ham oylik ish haqlarining bir qismini koronavirusga qarshi kurashish fondiga oʼtkazishdi
27.03.2020

“Mikrokreditbank” xodimlari ham oylik ish haqlarining bir qismini koronavirusga qarshi kurashish fondiga oʼtkazishdi
    Bugun xalqimiz, jahon hamjamiyati yana bir sinovga duch kelmoqda.  COVID-19 infeksiyasi aniqlangan davlatlar, uni yuqtirgan odamlar soni kun sayin koʼpayib borayotgani eng avvalo, insonlar hayotini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab etmoqda. 
 
   Shu bois, Oʼzbekistonda ham xalqimizni bu ofatdan asrash, virus aniqlangan bemorlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash borasida samarali ish olib borilmoqda. Ŕyni kunlarda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda fuqarolarimizni ruhan qoʼllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Oʼzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga tushayotgan beminnat mablagʼlar ham buning dalilidir.
 
   Mazkur aksiya doirasida bugun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari ham ixtiyoriy ravishda bir kunlik oylik ish haqlarini ushbu fondga begʼaraz oʼtkazib berdilar. Ŕlbatta, davlatimiz gʼamxoʼrligi samarasi oʼlaroq, infeksiya taʼsirida hali hech kim hech narsaga muhtojlik sezgani yoʼq, bunday boʼlmaydi ham. 
 
   Bu kabi aksiyalar esa, sinovli damlarda xalqimizni yanada jipslashtiradi, hamjihatlikni kuchaytiradi, har qanday vaziyatda ham har bir inson davlat va jamiyat eʼtiboridan chetda qolmasligining amaliy isboti boʼladi.
 
   Eslatib oʼtamiz, 27 mart holatiga Oʼzbekistonda koronavirus tasdiqlangan bemorlar soni 83 nafarni tashkil etmoqda.
 
Bank Ŕxborot xizmati
 

Valyutalar kursi

03.06.2020 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10130.00 10180.00 10148.31
EUR 10700.00 11300.00 11262.59
GBR 12000.00 12500.00 12527.07
JPY 90.00 100.00 94.17

Valyutalar konvertori