Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Nukus shahrida Bank xizmatlari markazi ochildi
24.06.2020

Nukus shahrida Bank xizmatlari markazi ochildi

   Mikrokreditbank o`z mijozlariga samarali hamda keng ko`lamli xizmat ko`rsatish, shuningdek, mijozlar safini yanada kengaytirish maqsadida navbatdagi “Bank xizmatlari markazi”ni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahrida (Nukus sh., A.Dosnazarov ko`chasi, 3-uy) ishga tushirdi.  

    Ushbu markazda mijozlarga mutaxassislar maslahatini olish, hisob raqam ochish va krdit olish uchun ariza brish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. 

  E’tiborli jihati shundaki, mazkur hududda shu vaqtga qadar kiyim-kechak doʼkonlari, choyxana, goʼzallik salonlari, ko`p qavatli uylar, maktab, bolalar bog`chasi kabi ko`plab tashkilotlar faoliyat yuritayotgan bo`lib, bank xizmatlariga  ehtiyoj katta edi. Mazkur masalani hisobga olgan holda Mikrokreditbank aholiga qulay joyda o`z markazini ochdi. Joriy yilning o’tgan savrida bankning Qoraqalpogʼiston Respublikasi mintaqaviy filiali tomonidan 2 ta markaz ishga tushirildi, yil oxiriga qadar yana 5 ta markaz ochilishi rejalashtirilgan. 

     yni paytda “Mikrokreditbank” tomonidan bank faoliyatini moliyaviy sogʼlomlashtirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hisobiga xizmat koʼrsatish geografiyasini kengaytirish maqsadida 35 ta ixcham va kam xarajat talab qiluvchi “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Bundan tashqari yana 15 ta bank xizmatlari markazlarida jihozlash va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Oy yakunigacha ushbu BXMlar soni 50 taga yetadi. Ushbu amaliyotlarni kelgusida ham davom ettirib, joriy yil yakuniga qadar jami 90 ta zamonaviy markazlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

07.07.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10180.00 10220.00 10184.73
EUR 11100.00 11700.00 11455.78
GBR 12400.00 12900.00 12713.60
JPY 90.00 100.00 94.74

Valyutalar konvertori