Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Navoiy shahrida yana bir bank xizmatlari markazi ochildi
25.06.2020

 Navoiy shahrida yana bir bank xizmatlari markazi ochildi

   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3620 sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Mikrokreditbank” tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada bank, mijozlarga koʼrsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sonini, shuningdek qulayligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. 

   “Mikrokreditbank” TB Navoiy viloyati mintaqaviy filiali maliyot boʼlimi qoshida tashkil etilgan zamonaviy “Yoshlik” bank xizmatlari markazi bu yoʼnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.
 
     Bugungi kunda, Navoiy shahrining aholi gavjum joyida tashkil etilgan “Yoshlik” bank xizmatlari markazi toʼla quvvatlarda faoliyat olib borib yuridik va jismoniy shaxslarga barcha qulayliklar yaratilgan holda keng koʼlamli bank hamda konsalting xizmatlari koʼrsatadi.
    Xususan, markazda jismoniy shaxslar uchun qulay shartlarda mikroqarz, overdraft, istemol, avtokredit va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kredit kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi. Bundan tashqari mijozlarga, mutaxassislar maslaxatini olish, hisob raqam ochish va kreditlar olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi toʼlovlar, valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul oʼtkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. 
 
    Mazkur bank xizmatlari markazi binosi xalqaro standartlar asosida taʼmirlanib, ilgʼor kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlandi. Bank xizmatlari markazi xodimlari malakasi “Mikrokreditbank” tizimida ishlab chiqilgan “Mijozlarga xizmat koʼrsatish standartlari” asosida oshirildi.
 
    Shuni alohida qayd etish joizki, yaqin orada Navoiy viloyatining Xatirchi tumani va Zarafshon shaharlarida xuddi shunday yana 2 ta zamonaviy bank xizmatlari markazlari ochilishi koʼzda tutilgan boʼlib, bu borada ham zaruriy amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Valyutalar kursi

07.07.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10180.00 10220.00 10184.73
EUR 11100.00 11700.00 11455.78
GBR 12400.00 12900.00 12713.60
JPY 90.00 100.00 94.74

Valyutalar konvertori