Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Buxoroda quyonchilik rivojlanmoqda
14.09.2020

 Buxoroda quyonchilik rivojlanmoqda

   Yurtimizda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan quyonchilik sohasining takomillashuvi hamda rivoji uchun bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yil mobaynida Buxoro viloyatida quyonchilik sohasi boʼyicha jami qiymati 23 740 mln soʼmlik 8 ta loyiha aniqlandi. Loyiha tashabbuskorlarining oʼz mablagʼlari hisobidan 8 705 mln soʼm, bank krediti hisobidan 15 035 mln soʼm kredit mablagʼlari ajratish koʼzda tutilgan. Hozirgi kunga qadar 7 ta loyiha uchun 5 035 mln soʼmlik kredit mablagʼlari ajratildi. 

   Jumladan, Romitan tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkor “Muxammadziyo Ozodbek Zamini” fermer xoʼjaligi tomonidan quyonchilik agrofirmasi tashkil etilib, Rossiya davlatidan 600 bosh (shundan 540 tasi ona quyon, 60 tasi erkak quyon) “Xikkol” zotli quyonlar olib kelindi. grofirmaga 1 600 mln soʼm kredit mablagʼi ajratilib, ushbu mablagʼlar qurilish va taʼmirlash uchun, quyon sotib olishga, quyon qafaslariga, quyon ozuqasi va boshqa xarajatlarga sarflandi. 2020 yil yakuniga qadar quyonlar bosh sonini 25 000 ga yetkazish rejalashtirilgan. grofirmada qoʼshimcha tarzda yana 10 ta yangi ishchi oʼrinlari tashkil qilindi. 
 
Shuningdek, “Romitan Shoʼrcha quyonlari” MChJga Rossiya davlatidan 200 bosh (shundan 180 tasi ona quyon, 20 tasi erkak quyon) “Xikkol” zotli quyonlar olib kelindi. grofirmaga 1 280 mln soʼm kredit mablagʼi ajratilib, ushbu mablagʼlar qurilish va taʼmirlash uchun, quyon sotib olishga, quyon qafaslariga, quyon ozuqasi va boshqa xarajatlarga sarflandi. 2020 yil yakuniga qadar quyonlar bosh sonini 8 000 ga yetkazish rejalashtirilgan. grofirmada qoʼshimcha tarzda yana 6 ta yangi ishchi oʼrinlari tashkil qilindi. 
 
    Viloyatda 2020 yilning oʼtgan davrida quyonchilik bilan shugʼillanish istagidagi jismoniy shaxslarga 1 630 mln soʼm miqdorida kredit mablagʼlari ajratildi va 81 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi. Bulardan tashqari, hududda joriy yilning oxiriga qadar 400,0 mln soʼm kredit hisobiga 570 ta xonadonga 10 boshdan jami 5 700 bosh ona quyon tarqatish rejalashtirilgan. 
 
    Qisqasini aytganda, 2020 yil yakuniga qadar viloyatdagi agrofirmalar va aholi xonadonlariga 15 400 mln soʼm (oʼz mablagʼi 5 000 mln soʼm, kredit 10 400 mln soʼm) mablagʼlar ajratilib, quyonlar sonini 43 500 boshga yetkazish hamda 84 tonna quyon goʼshti va 43 500 dona quyon terisi olish rejalashtirilgan. Mazkur ishlarlar samarasi oʼlaroq 600 ta yangi ish oʼrinlari tashkil etilishi esa alohida eʼtiborga molik.
 
Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

22.09.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10320.00 10340.00 10315.62
EUR 12100.00 12800.00 12210.60
GBR 13000.00 13500.00 13322.62
JPY 90.00 100.00 98.67

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz