Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
ndijonda har bir oilada tadbirkorlik rivojlanmoqda
16.09.2020

 ndijonda har bir oilada tadbirkorlik rivojlanmoqda
    “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4498-sonli qarori boʼyicha oilaviy tadbirkorlik hamda quyonchilik sohasini takomillashuvi uchun bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida ndijon viloyatida mavjud quyonchilik agrofirmalari imkoniyatlari koʼrib chiqilib, monitoring qilindi hamda klaster usulida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega boʼlgan 46 ta agrofirma tanlab olindi.
 
    Mazkur xoʼjaliklarga Mikrokreditbank tomonidan 44,7 mlrd soʼm kredit ajratilishi belgilangan boʼlsa, hozirda 44,0 mlrd soʼmlik imtiyozli kreditlar ajratib berildi.
 
    Shuningdek, viloyatda quyonlar sonini 1 mln boshga yetkazish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi bosqichda (iyun-sentyabr) 21 ming boshi 2 100 ta xonadonga, ikkinchi bosqichda (sentyabr-dekabr) esa 49 ming bosh quyon 4 900 ta xonadonga tarqatilishi rejalashatirildi. 
 
    Bugungi kunga qadar 4 482 ta aholi xonadonlariga 44 826 bosh quyon tarqatildi. Shu paytgacha tarqatilgan 44 826 bosh ona quyonlarning har biri yil yakuniga qadar uch marta oʼrtacha oltitadan bolalashi inobatga olinsa, 806,8 ming boshga yetadi.
 
    Bank tomonidan ajratilgan kredit mablagʼlarining 15,9 mlrd soʼmi oʼrtacha 53,0 ming bosh quyonlar sotib olish uchun koʼchirilgan boʼlib, bugungi kungacha aholi xonadonlariga 44,8 ming bosh ona quyon tarqatilgan. Qolgan 8,2 ming bosh ona quyonlar tarqatish choralari koʼrilmoqda.
 
    Qayd etib oʼtish joizki, mazkur ndijon filiali tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash borasida ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020- yilning yanvar-avgust oylarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 2170 ta aholi va tadbirkorlik subyektlariga 77,0 mlrd soʼm imtiyozli kreditlar ajratildi. Shundan 1242 tasiga jami 47,4 mlrd soʼm miqdorida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilgan.
 
    Bu kabi loyihalar tizimli ravishda davom ettirilib, oilaviy tadbirkorlik hamda quyonchilik rivoji yoʼlida qator islohotlar amalga oshiriladi.

Bank xborot xizmati
 

Valyutalar kursi

22.09.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10320.00 10340.00 10315.62
EUR 12100.00 12800.00 12210.60
GBR 13000.00 13500.00 13322.62
JPY 90.00 100.00 98.67

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?