Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Firibgar Mikrokreditbank xodimi emas
16.09.2020

 Firibgar Mikrokreditbank xodimi emas
   Yaqinda “Oʼzbekiston24” kanalida Mikrokreditbank firibgar xodimi kredit olish uchun hujjat topshirgan mijoziga kredit ajratmay, uning kreditini oʼzlashtirib olgani boʼyicha lavha efirga berildi. 

    Ushbu maʼlumot oʼrganilganda esa firibgarlik qilgan .Nomozov Mikrokreditbank TB Yangi-Nishon filiali xodimi emasligi, balki bankka ish oʼrganish maqsadida kelib yurgani aniqlandi.

      Aniq faktlar bilan aytadigan bo'lsak, “Mikrokreditbank” TB Yangi-Nishon filiali tomonidan bank mijozi fuqaro Toshkulova Nilufarga 2020 yil 24 aprel kunidagi kredit shartnomasiga asosan 3 yil muddatga 16 foizdan asalari va asalari uyasi sotib olish maqsadida 30 000 000 (oʼttiz million) so'm kredit mablagʼ rasmiylashtirilib 2020 yil 1-may kunida “Ibratjon Invest” MChJga oʼtkazib berilgan.

    Ammo fuqaro N.Toshkulova  krediti oʼzlashtirilgani boʼyicha shikoyat qilgan. Shundan so'ng aniqlik kiritilganda bank filialiga ish oʼrganish maqsadida kelib turgan fuqaro Nomozov nvar tomonidan ushbu kredit mablagʼi oʼzlashtirilganligi maʼlum boʼlgan. Shu kunning oʼzida yaʼni 2020 yil 22 iyun kunida kredit mablagʼi va foizlari bilan 30 697 000 (oʼttiz million olti yuz tuqson yetti ming) soʼm firibgar tomonidan bank kassasiga naqd pul koʼrinishida topshirilib ushbu kredit mablagʼi toʼliq qoplangan. 

    Fuqaro N.Toshkulovaga esa bank tomonidan 25 mln soʼm kredit mablagʼi ajratildi.

   Taʼkidlash kerakki, Mikrokreditbank tizimida mehnat qilayotgan xodimlar oʼrtasida firibgarlik, taʼmagirlik holatlariga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilgan.

Bank Axborot xizmati

Valyutalar kursi

22.09.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10320.00 10340.00 10315.62
EUR 12100.00 12800.00 12210.60
GBR 13000.00 13500.00 13322.62
JPY 90.00 100.00 98.67

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?