Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi
15.10.2020

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi

 holini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

🔰 Qarorga muvofiq, 2020 yil 15 noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:   

 

 

 📌 Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan oʼquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish boʼyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;

 Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga oʼz biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.  

 ✅ “Mikrokreditbank” TB tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan: 

  tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga oʼz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʼmgacha mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi;

 mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʼurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasining kafilligi asosida 225 million soʼmgacha mikrokreditlar ajratiladi.  

  💴 Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.  

 🔰 Qarorga koʼra, Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish maqsadlariga 100 million QSh dollari ekvivalentida mablagʼ ajratiladi. 

  2022 yil 1 yanvardan Tadbirkorlikka oʼqitishning yagona tizimi ishga tushiriladi. 

 2021 yil 1 yanvarga qadar “Mikrokreditbank” TBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish boʼyicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi.  

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi aholini tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, xususan, ularni oʼqitish, mikrokredit ajratish boʼyicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Valyutalar kursi

27.10.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10340.00 10390.00 10359.88
EUR 12000.00 12600.00 12258.78
GBR 13000.00 14000.00 13509.28
JPY 90.00 100.00 98.96

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?