Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Odamlar bilan muloqot qilib, mavjud muammolarni bartaraf etish asosiy vazifamiz
11.11.2020

Odamlar bilan muloqot qilib, mavjud muammolarni bartaraf etish  asosiy vazifamiz

    Xalq orasida yurib, ularning dardini eshitish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, hozir ayni shu tamoyil eng dolzarb masalaga aylangan. Busiz islohotlarning samarasini sezish qiyin, odamlar turmush tarzini yaxshilash imkonsiz. Shu bois ayni paytda yurtimizda katta-yu, kichik davlat idoralaridan tortib, xizmat koʼrsatish va moliyaviy tashkilotlargacha shu qoidaga amal qilishga harakat qilmoqda. Zero, muammolar muloqotda maʼlum boʼladi, hamkorlik hamjihatlikda kengayadi, rivojlanadi. 

    slini olganda, xalq orasida boʼlish moliya muassasalari, xususan, tijorat banklari uchun ham juda zarur va foydali. Nega? Chunki banklar faoliyati mijozlarga, yaʼni odamlarga bogʼliq. Ular qanchalik koʼp mijoz jalb etsa, aylanma mablagʼi ham, daromadi ham shunchalik ortib boraveradi. Demak, banklarning bugungi targʼibot-u tashviqoti, mijozlarni qiynayotgan turli muammo va toʼsiqlarga barham berishi oʼzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaydi. Shu maʼnoda, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining mamlakatimizning shimoliy hududi — Qoraqalpogʼiston Respublikasiga qaratayotgan eʼtibori bejiz emas. 
 
    ytish kerakki, Qoraqalpogʼiston Respublikasiga keyingi yillarda juda katta eʼtibor qaratilmoqdaki, buning samarasi kundan kunga chiroy ochib borayotgan Moʼynoq va boshqa tumanlardagi oʼzgarishlarda, tom maʼnoda hayotga qaytayotgan Orolboʼyi hududlaridagi obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish borasida bajarilayotgan misli koʼrilmagan ishlarda yaqqol namoyon boʼlmoqda. 
 
    Orolning qurigan qismiga sepilgan har bir urugʼ va koʼchat ertaga unib, oʼsib niholga, daraxtga aylanishi, shubhasiz. Zero, bu ishlardan niyat xolis, koʼzlangan maqsad aniq. 
   
    Bu kabi ishlarga kamarbasta boʼlayotgan Mikrokreditbank jamoasi Qoraqalpogʼistonning bir qator tumanlarida, xususan, Chimboy va Xoʼjayli tumanlarida kambagʼallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini taʼminlashga koʼmaklashishni oʼzlariga vazifa qilishdi. 
 
   Xoʼsh, kambagʼallikni qanday qilib kamaytirish mumkin? Mutaxassislar bunga tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, yangi ish oʼrinlari tashkil etish orqali daromad topish imkonini yaratish bilan erishiladi, deya fikr bildirishadi. 
 
    Darhaqiqat, shunday. Odam qachonki doimiy daromadli ishga ega boʼlsagina turmushida baraka boʼladi. Oila tinch-totuv hayot kechiradi. Shu jihatdan olib qaraganda, Mikrokreditbank mutaxassislari tomonidan ushbu tumanlardagi vaziyat chuqur va tahliliy oʼrganib chiqilgani ishni toʼgʼri tashkil etishda qoʼl kelyapti, deyish mumkin. 
 
    Oʼrganishga koʼra, hozirgi kunda Chimboy tumanida jami 1 781 ta tadbirkorlik subyekti mavjud boʼlib, shundan 1 120 tasi yakka tartibdagi tadbirkor va 661 tasi yuridik shaxsni tashkil etadi. 
 
   Tumanning drayver sohasi sifatida qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va chorvachilik yoʼnalishlari belgilab olindi. Shu bois mazkur yoʼnalishlarda 176 ta yangi ish oʼrniga ega umumiy qiymati 63,9 mlrd. soʼmlik 19 ta (6 ta donni qayta ishlash, 13 ta chorvachilik yoʼnalishida) yangi loyiha yoʼlga qoʼyildi. 
 
    Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi boʼyicha olib borilgan oʼrganishlar davomida 2020-2022- yillarga moʼljallangan 750 ta yangi ish oʼrniga ega 252,3 mlrd. soʼm (bank krediti 22,1 mlrd.soʼm va 13,4 mln.doll.) qiymatidagi jami 81 ta (13 ta yangi tashkil etilgan korxona) investitsiya loyihasi shakllantirildi.
 
    Xoʼjaylida esa jami 2 844 ta tadbirkorlik subyekti mavjud boʼlib, shundan 1 926 tasi yakka tartibdagi tadbirkor va 918 tasi yuridik shaxs hisoblanadi. Mazkur tumanda esa meva-sabzavotchilik va chorvachilik ancha rivojlangani bois, mazkur yoʼnalishlarda 273 ta yangi ish oʼrniga ega umumiy qiymati 64,1 mlrd.soʼmlik 33 ta (8 ta meva-sabzavot, 25 ta chorvachilik) yangi loyihalar shakllantirilgan. 
 
    Ushbu hududda oʼrganish davomida 2020-2022-yillarga moʼljallangan 899 ta yangi ish oʼrniga ega 291,1 mlrd. soʼm (bank krediti 75,4 mlrd.soʼm va 1,6 mln.doll.) qiymatidagi jami 130 ta (21 ta yangi tashkil etilgan korxona) investitsiya loyihalari shakllantirildi.
 
    Hududda ishlab chiqarish zanjirini yaratish maqsadida Xoʼjayli Davlat oʼrmon xoʼjaligi, “Ecoline Root” MChJ va "American Arirang Group Co.Ltd" MChJ ishtirokida qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlashni tashkil etadigan klaster tizimi yoʼlga qoʼyish belgilab olindi.
 
    Chimboy tumanidagi mavjud Kichik sanoat zonasida 3 ta loyiha roʼyobga chiqarilishi belgilangan boʼlib, hozirgacha uning ikkitasi ishga tushirilgan boʼlsa, Xoʼjaylidagi kichik sanoat hududida sanoatning bir qator yoʼnalishlarida 9 ta yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Eʼtiborlisi, bugunga qadar 7 ta korxona faoliyatini boshlagan va qolgan 2 ta loyihani amalga oshirish ishlari tarmoq jadvaliga asosan davom etmoqda. 
 
    Chimboy tumanidagi mavjud 51 ta sanoat korxonasi faoliyati oʼrganilganda 24 ta korxonaga pandemiya oʼz taʼsirini koʼrsatgani aniqlandi. Shu sababli 5 nafar tadbirkorning 4,2 mlrd. soʼmlik kredit toʼlovlari boʼyicha taʼtil berilgan boʼlsa, 3 nafariga 1,2 mlrd. soʼm miqdorida kredit ajratildi hamda 2 ta faoliyati toʼxtagan tadbirkorlik subyektiga yil yakuniga qadar 1,3 mlrd. soʼm aylanma mablagʼ uchun kreditlar ajratilishi belgilab olindi. 
 
    Xoʼjayli tumanidagi mavjud 147 ta sanoat korxonasining faoliyati oʼrganilganda esa 29 ta korxonaning faoliyati ham pandemiya sabab toʼxtagani, 41 ta korxonada muammolar mavjudligi aniqlandi. Bu yerda ham shu davrda 10 ta tadbirkorning 3,5 mlrd. soʼmlik kredit toʼlovlari boʼyicha taʼtil berildi, 22 ta tadbirkorga 2,3 mlrd. soʼm kredit ajratildi hamda 13 ta (faoliyati toʼxtagan) tadbirkorlik subyektlariga yil yakuniga qadar 11,1 mlrd. soʼm aylanma mablagʼ uchun kreditlar ajratilishi belgilab olindi.
 
    Chimboy tumanida jami 6 ta korxona eksport bilan shugʼullanadi. 2020- yilda tumanda jami 5,7 mln. dollarlik eksport prognozi belgilangan boʼlib, 9 oy davomida 3,4 mln. dollar qiymatidagi mahsulotlar xorij bozolariga sotilgan.
 
    Xoʼjaylida esa 12 ta korxona oʼz mahsulotlarini tashqi bozorga sotsa, 2020- yilda tumanda jami 5,5 mln. dollar eksport prognozi belgilangani holda, oʼtgan 9 oyda jami 2,9 mln. dollar qiymatidagi mahsulotlar eksport qilingan. Yil yakuniga qadar belgilangan rejani bajarish uchun 2,6 mln. dollarlik mahsulotlarni eksport qilish zarur boʼladi. 
 
    yni paytda Chimboy tumanida 21 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʼinidagi 18 571 ta xonadonlarda 113 ming aholi istiqomat qiladi. Tumandagi jami ishsizlar soni 6,2 ming nafar. Xoʼjayli tumanidagi 26 ta MFYda 123 mingta aholi istiqomat qilsa, shundan 6 507 nafari ish bilan taʼminlanishi zarur. Shu bois har ikki tumanda ular “Temir daftar” va “yollar daftari”ga kiritilgan. 
 
   Chimboy tumanidagi “Pashent tau”, “Tagʼ jap”, Xoʼjaylidagi “Sarishungul” va “Qumjqqn” ovul fuqarolar yigʼinlari oʼrganilganda quyidagi muammolar aniqlanib, ularning yechimi boʼyicha “Yoʼl xarita”si ishlab chiqildi. Ushbu tuman aholisini deyarli bir xil muammo qiynab kelmoqda. Yaʼni ishsizlik, yer, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda uy-joy ular uchun dolzarb. 
 
   Shu bois Chimboyda ijtimoiy dasturlar doirasida joriy yilda 552 ta jismoniy va yuridik shaxsga 18,3 mlrd. soʼm miqdorida imtiyozli kreditlar ajaratilib, buning natijasida 1 013 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 2020- yil yakuniga qadar 4,5 mlrd. soʼm kredit ajratilib, yana 225 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilandi.
 
   Xoʼjaylida ijtimoiy dasturlar doirasida joriy yil davomida 708 ta jismoniy va yuridik shaxsga 16,2 mlrd.soʼm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib, buning natijasida 986 nafar aholi daromadli ishga jalb qilindi. Shuningdek, 2020- yil yakuniga qadar 4,1 mlrd.soʼm kredit ajratilib, 198 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilandi.
 
    Bundan tashqari, tumanda tashkil qilinishi rejalashtirilgan 50 ta uy bogʼchalarini “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida moliyalashtirish belgilanib, bugungi kunda 8 ta uy bogʼchasiga 240 mln. soʼm kredit ajratildi va 200 nafar bola qamrab olindi. 
 
   Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tumanda yoshlarning innovatsion gʼoya va loyihalarini ragʼbatlantirishga yoʼnaltirilgan “Kovorking markazi”ni tashkil etish boʼyicha ishlar boshlab yuborilgan. 
 
    malga oshirilgan ishlar, koʼrilgan chora-tadbirlardan nimalar kutilmoqda? Bular tufayli Chimboyda yil yakuniga qadar jami 2 490 shundan, 2020- yilda 724, 2021- yilda 1 045, 2022- yilda 721 kishi ish bilan taʼminlanadi. 
 
   Bular, tabiiyki, ushbu hududlar salohiyati yuksalishiga, pirovardida shu yerda istiqomat qilayotgan odamlar turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilishi muqarrar. “Mikrokreditbank” TB esa ularni moliyaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlashga hamisha tayyor va buning uchun ushbu tumanlardagi loyihalarga maxsus kredit liniyalari jalb qilishga kirishgan. 

Bank axborot xizmati
 

Valyutalar kursi

27.11.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10410.00 10450.00 10414.86
EUR 12000.00 12600.00 12344.73
GBR 13000.00 14500.00 13833.02
JPY 90.00 110.00 100.29

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz