Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mashina jarima maydonchasiga sababsiz qo`yilmagan
31.12.2020

Mashina jarima maydonchasiga sababsiz qo`yilmagan

    Nasafnews.uz saytida e’lon qilingan materialga ko`ra, tadbirkor Xulkar Ergasheva 2018-yilda “Mikrokreditbank”ning Qarshi shahri Amaliyot bo`limidan avtokredit asosida avtomobil olgani va shu paytga qadar kredit so`mmasini o`z vaqtida to`lab kelgani, ammo yo`l-patrul xizmati xodimlari bank rahbarining ularga xat bilan murojaat qilganligi sababli mashinani “evakuator”ga yuklab, jarima maydoniga olib ketilgani iddao qilingan. 

    Bank mutasaddi xodimlari tomonidan mazkur shikoyat o`rganib chiqildi. Unga ko`ra, «Mikrokreditbank» TB Qashqadaryo viloyat maliyot boʼlimi bilan fuqaro Ergasheva Xulkar Ergashevna oʼrtasida 19-sentyabr 2018-yilda 438-sonli kredit shartnomasi tuzilgan bo`lib, mazkur kredit shartnomasiga muvofiq fuqaro Ergasheva Xulkar Ergashevnaga «Kobalt» rusumli avtomashina sotib olish maqsadida yillik 24 foiz ustama bilan 3 yil muddatga 84 164 910 sum miqdorida kredit mabla`lari ajratilgan.
 
   Kredit taʼminoti sifatida bank bilan qarz oluvchi o`rtasida 12-yanvar 2019-yilda notarial tartibda garov shartnomasi tuzilib, shu shartnomaga muvofiq «Kobalt» rusumli 70 W 843 NA davlat belgili avtomashina garovga qo`yilgan. 
 
   Qarz oluvchi fuqaro Ergasheva Xulkar Ergashevnaning kredit mablag`lari hisobidan 2020-yil 16-dekabr holatida 30 319 572 soʼm miqdorida kredit qarzdorligi boʼlib, shundan muddati oʼtgan 1 169 145 so`m miqdorida asosiy kredit qarzdorligi va 785 586 soʼm miqdorida foiz qarzdorligi vujudga kelgan. 
 
   Oʼzaro kelishuv asosida tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan garov shartnomasining 6-bandida garovga qoʼyuvchi Ergasheva Xulkar Ergashevna tomonidan kredit mablagʼlarini qaytarish muddati kechiktirilgan taqdirda bank mustaqil ravishda garovga qo`yilgan mulkni sotishi va sotishdan tushgan pul mablagʼi hisobidan qarzni qoplash huquqiga ega boʼlishi belgilangan. 
 
    Shuningdek, 19-sentyabr 2018-yilda 438-sonli kredit shartnomasining 2.4-bandida ham qarz oluvchi tomonidan kredit mablag`lari vaqtida qaytarilmasa, bankning sudga murojaat qilmasdan garov predmetini tasarruf etish huquqi belgilangan. 
 
   Bundan tashqari, garovga qo`yuvchi Ergasheva Xulkar Ergashevna tomonidan garovga oluvchi bankning oldindan roziligini olmagan holda garovga qo`yilgan transport vositasini boshqa shaxsga ishonchnomasiz harakat qilinishiga yo`l qo`yilgan. Buning natijasida garov olingan transport vositasiga zarar yetishi hamda ajratilgan kredit mablagʼining taʼminotsiz qolib ketish xatari oshib ketgan. 
 
    Yuqoridagilarga koʼra hamda fuqaro Ergasheva Xulkar Ergashevnaning olingan kredit qarzdorligini bartaraf etish maqsadida 16.12.2020 yilda Qashqadaryo viloyat IIB YXXB RIB boshligiga murojaat qilinib, «Kobalt» rusumli 70 W 843 NA davlat belgili avtomashinani jarima maydonchasiga saqlash uchun olib kelinishiga amaliy yordam berish soʼralgan. 
 
    Shu asoslarga koʼra, bugungi kunda «Kobalt» rusumli avtomashina YXXB xodimlari tomonidan jarima maydonchasiga saqlash uchun joylashtirilgan. 
 
Bank Axborot xizmati
 

Valyutalar kursi

20.01.2021 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10520.00 10550.00 10500.81
EUR 12200.00 13500.00 12682.88
GBR 13500.00 14800.00 14266.40
JPY 90.00 115.00 101.10

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz