Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Navoiy viloyatida Yangirabod bank xizmatlari markazi ishga tushdi
12.01.2021

Navoiy viloyatida Yangirabod bank xizmatlari markazi ishga tushdi
   Bugungi kunda Mikrokreditbank mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda qulayligini oshirishga, shuningdek yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Mikrokreditbank ATB Navoiy viloyati mintaqaviy filiali Amaliyot bo‘limi qoshida tashkil etilgan zamonaviy “Yangirabod” bank xizmatlari markazi bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.
 
    Xatirchi tumanining markazida tashkil etilgan “Yangirabod” bank xizmatlari markazi to‘la quvvatlarda faoliyat olib borib, yuridik va jismoniy shaxslarga barcha qulayliklar yaratilgan holda keng ko‘lamli bank hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.
 
    Xususan, markazda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shartlarda mikroqarz, overdraft, iste'mol, avtokredit, imtiyozli va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Plastik kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi. Bu esa mijozlarning banklarga nisbatan ishonchini oshirib, qimmatli vaqtini tejaydi.  
 
    Bundan tashqari, mijozlarga  mutaxassislar maslahatini olish, raqam ochish va kreditlar olish uchun ariza berish, ko‘plab turdagi muddatli va jamg‘arma omonatlariga mablag‘lar qo‘yish, barcha turdagi to‘lovlar, valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalarini hamda kassa xizmatlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. 
 
    Mazkur bank xizmatlari markazi binosi xalqaro standartlar asosida ta'mirlanib, ilg‘or kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlandi. 
 
     Bank xizmatlari markazi xodimlari malakasi “Mikrokreditbank” tizimida ishlab chiqilgan “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari” asosida oshirildi.
 

Valyutalar kursi

20.01.2021 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10520.00 10550.00 10500.81
EUR 12200.00 13500.00 12682.88
GBR 13500.00 14800.00 14266.40
JPY 90.00 115.00 101.10

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz