Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Omonatchining eʼtirozlari isbotini topmadi
12.01.2021

Omonatchining eʼtirozlari isbotini topmadi

    Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “To‘g‘on” mahallasida yashovchi fuqaro Boyto‘ra Gulboyevning Zamon.uz’ga qilgan murojaatida Mikrokreditbankning Qumqo‘rg‘on tuman filiali omonat jamg‘armasiga qo‘ygani, ammo u hali hamon o‘z pullarini ololmay sarson bo‘lib yurgani qayd etilgan. 

     Shikoyatda aytilishicha, ushbu filialning sobiq rahbari bduqahhor Saidov tomonidan omonat jamg‘armasiga qo‘yilgan pullar chiqim kassa orderiga qalbaki imzo bilan o‘zlashtirib olgan. 
 
    Ushbu holat nazoratga olinib, tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda, fuqaro B.Gulboev haqiqatan ham 2008-2012-yilllar davomida bankning Qumqo‘rg‘on tuman filialiga jami 5 042 852 soʼm miqdorda mablag‘ni omonat sifatida qo‘ygani aniqlandi. Biroq, fuqaroning bank omonatiga qo‘ygan pul mablag‘lari hamda unga hisoblangan foizlari tegishli tartibda mijoz tomonidan olingani isbotini topdi. 
 
   Yaʼni ushbu holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limining 2018-yil 15-maydagi ekspertiza xulosasiga koʼra, bankdagi chiqim orderlariga qo‘yilgan imzo fuqaro Boyto‘ra Gulboyevga tegishli ekanligi isbotlandi. Shuningdek, ushbu holat Qumqo‘rg‘on tuman Prokuraturasi tomonidan ham o‘rganilganda bank tomonidan hech qanday qonun buzilishi isbotlanmadi. 
 
    Shu o‘rinda taʼkidlab o‘tmoqchimizki, yuridik va jismoniy shaxslarning Mikrokreditbank TBda saqlanayotgan pul mablag‘lari davlat tomonidan kafolatlangan. Yaʼni bankimizda mijozlarning mablag‘lari ishonchli va xavfsiz saqlanadi. 
 
Bank xborot xizmati
 

Valyutalar kursi

20.01.2021 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10520.00 10550.00 10500.81
EUR 12200.00 13500.00 12682.88
GBR 13500.00 14800.00 14266.40
JPY 90.00 115.00 101.10

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz