Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Chilonzor tumanidagi mavjud mahallalardagi muammolar o'rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda
15.02.2021

Chilonzor tumanidagi mavjud mahallalardagi muammolar o'rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda

 “Mahallabay” tizimi orqali Mikrokreditbank tomonidan Chilonzorda amalga oshirilgan ishlar 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida “Mahallabay” tizimini joriy qilish boʼyicha Toshkent shahridagi mahallalarga biriktirilgan vazirliklar va idoralar tomonidan joylarda amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar toʼgʼrisidagi 2021 yil 11 fevralda boʼlib oʼtgan 19-sonli vedeoselektor yigʼilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mikrokreditbank” ŔTBga tomonidan “Sharq”, “Sharaf”, “Sharq tongi”, “Shuxrat”, “Boʼrijar”, “Nafosat”, “Lutfiy”, “Yakkatut”, “Yakkabogʼ” va “Kichik xirmontepa” mahallalarida aniqlangan bir qator muammolarni bartaraf etilishi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. 

Chilonzor mahallalarida umumiy hisobda 50 228 nafar aholi istiqomat qilib, unda 14 262 ta oilalar, 12 904 ta xonadon mavjud. Ŕholi orasida 322 nafari “temir daftar”ga qayd etilgan. 
Mahallalarda Obodonlashtirish, Iqtisodiy-ijtimoiy va aholi bandligini taʼminlash, Profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash yoʼnalishlarida tizimli ishlar amalga oshirildi. 

Obodonlashtirish yoʼnalishida
Tumandagi 10 ta mahalla hududini obodonlashtirish va ijtimoiy va iqtisody yordam berish maqsadida bank tomonidan 24 nafar xodimlar biriktirildi.
Bundan tashqari, tuman hokimiyati, tijorat banklari, IIBdan va MFYlardan 112 nafar xodimlar hamda “Maxsustrans” ŔJning 31 ta yuk avtomashinalari mahallalarni obodonlashtirish ishlariga jalb etildi.
Ertalab soat 09:30da obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan barcha xodimlarga yoʼriqnoma oʼtkazilib, har bir koʼp qavatli uylar, ijtimoiy obʼektlar, koʼchalarda amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar tushuntirilib, barcha obʼektlarga xodimlar va ishchilarni biriktirgan holda vazifalar belgilab berildi.
Mahallalardagi jami 17,9 ming kv.m hududlar tozalandi, 57 ta daraxlar butalandi, 36 ta yoʼlaklar qaytadan taʼmirlandi, 55 ta taʼmirlangan tik quvurlar qayta taʼmirlandi, 8 ta yertulalar tozalandi, 1 ta suv quvurlari tuzatildi, 1 ta noqonuniy qurilgan oʼramalar buzildi va 22 tonna chiqindilar olib chiqib tashlandi.
Shuningdek, boshqa obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi.
Iqtisodiy-ijtimoiy va aholi bandligini taʼminlash yoʼnalishida:
Biriktirilgan 10 ta mahallalardagi Temir daftardagi 322nafar, Yoshlar daftaridagi 4 737 nafar va Ŕyollar daftaridagi 5341 nafar mavjudligi uyma-uy yurib aniqlangan boʼlib, ushbu daftardan chiqarish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, aholi muammolarini oʼrganish, yoshlarni taftishdan oʼtkazish ishlari davom etmoqda.
Profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash yoʼnalishida:
Biriktirilgan 10 ta mahalla hududida jami 49 ta profilaktik hisobda turuvchi shaxslar mavjud boʼlib, shulardan; 
xisobda turuvchi spirtli ichimlikka ruju qoʼyganlar va giyoxvandlar - 7 ta, spirtli ichimlikka ruju qoʼyganlar va giyoxvandlar 4 ta, ilgari sudlangan shaxslar 35ta, Maʼmuriy nazorat oʼrnatilgan ilgari sudlangan shaxslar 1 ta, oila va turmush doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar 2 ta, yarashtirilgan ajrim yoqasiga kelgan oilalar soni 5 tani tashkil etadi.
Koʼp qavatli uylarning har bir yoʼlaklariga yopishtirib chiqish uchun mahalla raisi, profilaktika inspektori, XUJMSh rahbarlarining telefon raqamlari koʼrsatilgan peshlavhalar ishlab chiqildi.
Har bir uy boshilari bilan alohida suhbat oʼtkazib muammolarini oʼrganish maqsadida ertangi kunga mahalla idorasiga taklif qilindi.

Obodonlashtirish va boshqa yoʼnalishlar boʼyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Valyutalar kursi

26.02.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10490.00 10550.00 10538.53
EUR 12300.00 13500.00 12879.14
GBR 14200.00 15000.00 14938.37
JPY 90.00 115.00 99.38

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?