Matbuot markazi
Nashr uchun talqinTadbirkorlikni moliyaviy qo`llab-quvvatlash masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi 17.02.2021 Joriy yilning 17-fevral kuni “Milliy matbuot markazi”da “Mikrokreditbank” tomonidan tadbirkorlikni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va kelajakdagi vazifalar” toʼgʼrisida matbuot anjumani oʼtkazildi. Ushbu tadbirni “Mikrokreditbank” ÀTB Boshqaruvi Raisi oʼrinbosari Kamoliddin Àtayev ochib, bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasidagi olib borilayotgan ishlar xususida qisqacha toʼxtalib oʼtdi. Shundan soʼng, Chakana biznesni rivojlantirish departamenti direktori Qobil Komilov yoshlarga ajratilayotgan kreditlar va ularning yangi tizimi hususida batafsil maʼlumot berdi.
Taʼkidlandiki, bank tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash uchun oʼtgan 2020-yil davomida jami 5,5 trln. soʼm miqdorida kreditlar ajratildi va ushbu kreditlar hisobiga 64 mingdan ortiq ish oʼrinlari yaratildi. Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida esa 503 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratilib, 4,5 mingdan ziyod yangi ish oʼrni yaratildi.
Qayd etish lozimki, bank tomonidan 2020-yilda ijtimoiy dasturlar doirasida jami 876 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratilishi belgilangan boʼlib, amalda 1 437 mlrd. soʼm kreditlar ajratildi va bu bilan 53 925 ta fuqaro bandligi taʼminlandi hamda qoʼshimcha daromad manbalari yaratildi.
Bank oldidagi asosiy vazifalar qatoridagi “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari boʼyicha amalga oshirilgan ishlar boʼyicha ham maʼlumotlar berildi.
Matbuot anjumani davomida “Mikrokreditbank” ÀTB masʼul xodimlari bankning istiqboldagi qoʼshimcha reja va maqsadlarini taʼkidlab, jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi.
Bank axborot xizmati
|
Valyutalar kursi
26.02.2021 holatiga ko’ra
Sotib olish | Sotish | O’zR MB | |
---|---|---|---|
USD | 10490.00 | 10550.00 | 10538.53 |
EUR | 12300.00 | 13500.00 | 12879.14 |
GBR | 14200.00 | 15000.00 | 14938.37 |
JPY | 90.00 | 115.00 | 99.38 |
Valyutalar konvertori
Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:
Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)
Bo’lim rahbari:
Ilashev Alijon
BANK HAQIDA
JISMONIY SHAXSLARGA
YURIDIK SHAXSLARGA
MOLIYAVIY TASHKILOTLARGA
INTERAKTIV XIZMATLAR
- Jismoniy shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yuridik shaxslarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit olish uchun onlayn buyurtmanoma
- Kartochka yo’qotilganda yoki qulflanib qolganda kartochka ochish uchun ariza
- To`lov terminali olish uchun onlayn ariza
- Me`yoriy hujjatlar
- Internet banking
- Bank bilan bog`lanish
- Iste`mol krediti onlayn-kalkulyatori
- Axborotni oshkor qilish
- Bazaviy interaktiv xizmatlar
- Aksariyat beriladigan savollar
- Murojaatlar statistikasi