Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Deputat eʼtirozi boʼyicha fuqarolarga kreditlar ajratilmoqda
31.03.2021

 Deputat eʼtirozi boʼyicha fuqarolarga kreditlar ajratilmoqda
“Mikrokreditbank” └TB └ndijon mintaqaviy filiali └ndijon viloyati xalq deputatalari shahar Kengashi deputati Jaxongir Jiyanovning └ndijon shahar “Sanoat” mahalla fuqarolar yigʼinida istiqomat qiluvchi bir necha fuqarolarga bank tomonidan asossiz ravishda kredit ajratilmayotganligini aytib qilgan videomurojaati boʼyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz. 
Hududlar taʼqsimotiga koʼra, yuqoridagi mahalla fuqarolariga kredit ajratish “Mikrokreditbank” └ndijon mintaqaviy filiali zimmasiga yuklatilgan. └yni paytda, hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarga navbati bilan kreditlar ajratilmoqda. 

Deputat J.Jiyanovning ijtimoiy tarmoqdagi chiqishi hamda 2021 yil 24 mart kungi ╣01/29/44-sonli deputatlik soʼrovida keltirilgan fuqarolar roʼyxati oʼrganildi. Oʼrganish davomida M.Yuldashev va X.Bakirovlar nomiga “mebel qayta ishlash” maqsadida 30 mln (oʼttiz million) soʼmdan jami: 60 mln (oltmish million) soʼm kredit mablagʼi ajratib berildi. 

Ushbu roʼyxatdagi qolgan fuqarolar joylarga chiqib oʼrganilganda └.Muxammedov “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasidagi imtiyozli kredit mablagʼidan foydalanishini, shunga koʼra, kredit hujjatlari tayyorlab bankga topshirishini aytib oʼtgan. 
Fukaro G.Muxammedova “Tadbirkor ayol” davlat dasturi doirasidagi imtiyozli kredit mablagʼidan foydalanish maqsadida Xalq bankining └ndijon viloyati filialiga hujjat topshirishini taʼkidlagan.

Bundan tashqari, hozirda bankka kredit olish maqsadida S.Maksumov hamda Z.Muxamedovlar topshirgan birlamchi kredit hujjatlari tartib asosida oʼrganilayotganligini, kredit qoʼmitasi tomonidan kredit ajratilishi maqullangandan soʼng, tartib asosida ularga kredit mablagʼi rasmiylashtirilishini maʼlum qilamiz.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, “Mikrokreditbank” └TB yangi islohotlar davrida oilaviy tadbirkorlarni, oʼzini oʼzi band qilmoqchi boʼlgan fuqarolarni hamda yoshlarni doimo qoʼllab-quvvatlashga tayyor! 
 
Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

09.04.2021 holatiga koĺra

Sotib olish Sotish OĺzR MB
USD 10420.00 10490.00 10473.07
EUR 12000.00 13000.00 12426.30
GBR 14000.00 15000.00 14391.05
JPY 90.00 115.00 95.59

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Soĺrovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?