Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Yosh tadbirkorlarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani oʼtkazildi
21.04.2021

Yosh tadbirkorlarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani oʼtkazildi

 Joriy yilning 21 aprel kuni Milliy matbuot markazida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan yosh tadbirkorlarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar” mavzusidagi matbuot anjumani oʼtkazildi.

Ushbu tadbirni “Mikrokreditbank” ÀTB Boshqaruv Raisi oʼrinbosari Kamoliddin Àtaev ochib, bank tomonidan “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi doirasida bank tomonidan yoshlar bandligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi. 
 
Jumladan, Mikrokreditbank ÀTB tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 2021 yilda jami 2,5 trln. soʼm (oʼtgan yilda 1,4 trln. soʼm), shu jumladan yoshlar bandligini taʼminlashga 1,4 trln. soʼm kredit ajratish boʼyicha hududlar kesimida oyma-oy reja grafiklar ishlab chiqildi. 
 
Ushbu reja-grafikka asosan oʼtgan davrda oilaviy tadbirkorlik uchun 745,6 mlrd. soʼmlik kreditlar evaziga 30 mingga yaqin aholini bandligi taʼminlandi. Bu oʼtgan yil shu davriga nisbatan 613,5 mlrd. soʼm yoki 6 barobarga koʼp demakdir.
 
Yoshlar tadbirkorligi uchun yanvar-aprel oylari davomida rejadagi 386,4 mlrd. soʼm oʼrniga 480,2 mlrd. soʼm (124%) imtiyozli kreditlar ajratilib, 18 448 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi.
 
Misol uchun: Sayxunobod tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor “Jamoliddinov Ibratjon Erkin oʼgʼli”ning sport va sogʼlomlashtirish markazini tashkil etish loyihasiga 200 mln. soʼm imtiyozli kredit ajratish hisobiga 10 nafar yoshlar bandligi taʼminlandi.
 
Yuqorida qayd etilgan yoshlar uchun ajratilgan 480,2 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlarning 174 mlrd. soʼmi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6 860 nafar yoshlarni qoʼllab-quvvatlashga yoʼnaltirildi.
 
Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasidan mart oyida ajratilgan 150 mlrd. soʼm mablagʼlar hisobidan esa 3 hafta muddat ichida maxsus sertifikatga ega 6 170 nafar yoshlarga 183,3 mlrd. soʼmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada jami 17 134 nafar ishsiz yoshlarning 638 nafari – ishlab chiqarish, 1 822 nafari – xizmat koʼrsatish, 4 593 nafari – tikuvchilik, 2 672 nafari – chorvachilik, 2 935 nafari – issiqxona, 4 474 nafari boshqa yoʼnalishlarda oʼz loyihalarini yoʼlga qoʼyish va doimiy daromad manbasini yaratish imkoniyatiga ega boʼldilar. 
 
Bundan tashqari, “Yoshlar kelajagimiz” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan 29 ta loyihaga 12,9 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratilib, 135 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi.
Soʼzni Chakana biznesni rivojlantirish departamenti direktori Qobiljon Komilov davom ettirdi hamda bugungi kunda respublika hududlarida ishsiz yoshlar bilan uchrashib, “Àgentlik” shartnomasi asosida bankka ishga jalb qilinayotgani xususida maʼlumot berdi. 
Hozirda “Bank agentlari” oʼzlari istiqomat qiladigan mahallalarga biriktirilib, tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan yoshlarni bankka jalb qilmoqda. Bundan tashqari, bank strukturasida yoshlarga oid dasturlar boʼyicha Rais oʼrinbosari, tegishli tarkibiy boʼlinma hamda har bir viloyat mintaqaviy filiallarida boshqaruvchi oʼrinbosari (yoshlar boʼyicha) lavozimlari joriy etildi. 
 
Mikrokreditlash mexanizmi samaradorligini oshirish maqsadida, bank tomonidan aniq hisob-kitoblarga asoslangan 60 ta yoʼnalish boʼyicha tayyor biznes-reja loyihalari ishlab chiqilib, kitob shakliga keltirilgan holda joylarga yetkazib berildi. 
 
Markaziy bank bilan hamkorlikda mijozlarning davlat dasturlari doirasida shaffof va adolatli kredit olishi, taʼminotchilar oʼz mahsulotlarini sotishi mumkin boʼlgan Yagona elektron platforma ishga tushirildi. Ushbu platformada yoshlar tadbirkorligiga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar uchun onlayn ariza yuborish, foydali maʼlumotlar olish, taʼminotchi topish va biznes reja tanlash kabi imkoniyatlar yaratildi.
Àdliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat soliq qoʼmitasi bilan birgalikda yagona platforma integratsiyasini amalga oshirish orqali yoshlarga oʼz biznesini yoʼlga qoʼyishda “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʼrsatish ikki oy muddat ichida yoʼlga qoʼyiladi. 
 
Matbuot anjumani davomida “Mikrokreditbank” ÀTB masʼul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi.
 
Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

24.05.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 11085.00 11140.00 11084.90
EUR 11720.00 11950.00 11836.46
GBR 13810.00 14080.00 13940.37
JPY 83.00 100.00 86.93

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz