Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Qulay shartlardagi ipoteka – oila kelajagi uchun puxta oʼylangan sarmoyadir
28.04.2021

Qulay shartlardagi ipoteka – oila kelajagi uchun puxta oʼylangan sarmoyadir

    Mamlakatimizda aholini uy-joy bilan taʼminlash masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilayotgani, bu boʼyicha samarali saʼy-harakatlar olib borilayotgani koʼplab insonlarning turmush tarzi yaxshilanishiga, shart-sharoitlari yaxshi xonadonlarda istiqomat qilishlariga zamin yaratmoqda. Barchamizga maʼlumki, uy-joy sotib olish uchun pul yigʼish uzoq yillarni talab qiladi, ehtiyoj esa zaruriy, shunday ekan ipoteka kreditlarining ahamiyati tobora dolzarb masala boʼlayotgani bejiz emas.

  Prezidentimizning 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni asosida bugunga qadar bank tomonidan 142 mlrd. soʼmdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi va natijada 689 dan ortiq oila yangi xonadonga ega boʼldi.
 
    Fargʼona viloyati misolida 8 mlrd. soʼmdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilgan boʼlib, 56 ta oila xonadonlarga ega boʼlgan.
 
    Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan aholining uy-joyga boʼlgan ehtiyojidan kelib chiqib, 2021-yilning 11-mart kuni qabul qilingan “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni ipoteka kreditlari ajratishda muhim dasturilamal boʼlib xizmat qilmoqda.
 
   Bank tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari qulay shartlarda boʼlib, unga koʼra fuqarolar oʼzlari istagan hududdan ipoteka olishi mumkin. Bundan tashqari, birlamchi bozordan 20 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan boshlang`ich badal barcha hududlarga bir xil 15 foiz shakllantirgan holda ipoteka krediti ajratilmoqda. 
 
    Ŕyni paytda barcha hududlarda daromadi yuqori boʼlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʼlganlarga ipoteka krediti boʼyicha dastlabki badalning bir qismini va dastlabki besh yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan subsidiyalar ajratilmoqda.
 
Bank Axborot xizmati
 

Valyutalar kursi

11.05.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10480.00 10570.00 10529.73
EUR 12400.00 13200.00 12808.36
GBR 14400.00 15200.00 14838.50
JPY 90.00 115.00 96.82

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 273-04-40

                1285 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz