Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi
29.04.2021

“Mikrokreditbank” va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi

  Joriy yilning 28-aprel kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda “Mikrokreditbank” ÀTB vakillari oʼrtasida istiqboldagi masalalarga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

    Ushbu uchrashuvda, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Sharqiy va Oʼrta Osiyo hamda Kavkaz hududlari boʼyicha departament direktori oʼrinbosari - Misima Kenji, konsultanti – Mori Shinichi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʼzbekistondagi ofisi koordinatori – Sharifzoda Sharipovlar ishtirok etishdi.
 
  Mazkur uchrashuv davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda “Mikrokreditbank” ÀTB oʼrtasida “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (Faza II)” loyihasi istiqbollari muhokama qilindi.
 
    Shuningdek, ushbu yangi loyiha doirasida quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirish rejalashtirildi:
 
   • Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish orqali qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining eksportini oshirish;
   • Kambagʼallikni hamda ishsizlikni qishloq xoʼjaligi sektorida qisqartirish;
  • Kichik fermer xoʼjaliklari va dehqon xoʼjaliklariga moliyaviy xizmatlar koʼrsatishni taʼminlash.
 
    Ma'lumot o‘rnida, bugunga qadar "Mikrokreditbank" ATB tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasining 27,1 mln. ÀQSh dollari miqdoridagi mablagʼlar jalb qilingan.

Valyutalar kursi

11.05.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10480.00 10570.00 10529.73
EUR 12400.00 13200.00 12808.36
GBR 14400.00 15200.00 14838.50
JPY 90.00 115.00 96.82

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 273-04-40

                1285 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?