Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?
26.08.2021

Ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?

   Kimlarga ajratiladi?

  Ta’lim krediti oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura mutaxassisligiga toʼlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarga ajratiladi.

   Eslatma: Talabaning yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-singil, turmush oʼrtoq) sherik qarzdor boʼlishlari mumkin. 

 
    Ikkinchi mutaxassislik boʼyicha oʼqiyotgan talabalarga ham ajratiladimi?
    Kunduzgi (sirtqi boʼlmagan) tarzda taʼlim olayotgan boʼlsa ajratiladi.
 
   Oldingi davrda tijoriy taʼlim kreditlari olgan talabalarning keyingi oʼquv davri uchun imtiyozli kredit ajratiladimi?
     Ŕgar olingan kreditdan muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmasa ajratiladi. 
 
   Qanday valyutada ajratiladi?
   Kreditlar faqat Oʼzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ajratiladi.
 
   Kimlarga ajratilmaydi?
     • chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga;
     • tabaqalashtirilgan (super kontrakt) toʼlov kontraktning toʼliq yoki bir qismiga;
     • sirtqi (kechki) taʼlim yoʼnalishida tahsil olayotgan talabalarga;
     • boshqa turdagi olingan kreditlardan muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud talabalarga.
 
      Qancha muddatga ajratiladi?
      Kreditlar oʼquv davri va qoʼshimcha 7,5 yil (90 oy) muddatga ajratiladi.
    Masalan: Oʼquv davri 4 yil boʼlsa va kredit 1-bosqich talabasiga ajratilsa muddat 11,5 yilni (138 oy) tashkil etadi.
 
     Necha foizdan ajratiladi?
    Yillik 14 foiz (Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida).
 
   Eslatma: Markaziy bank asosiy stavkasi koʼtarilgan taqdirda kredit foizi oʼzgarmaydi, asosiy stavka tushirilgan holatda kredit foizi arzonlashadi)
 
    Qanday hujjatlar taqdim etiladi?
 
    taʼlim krediti olish uchun ariza;
    toʼlov-kontrakt asosida oʼqish uchun shartnoma;
    taʼminot turlaridan biri: 
    • kafil (doimiy daromadga ega boʼlgan jismoniy shaxslar)
    • sugʼurta polisi
    • mol-mulk garovi va boshqalar

   Eslatma: Ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila farzandlariga kreditlar taʼminotsiz ajratiladi. Bunda bankka ushbu reestrda roʼyxatda turishini tasdiqlovchi maʼlumotnoma taqdim qilinadi.

    Taʼlim kreditlari toʼrt qismga boʼlish yoʼli bilan oʼtkaziladi:
    Bir yillik oʼquv kontrakt summasining
     • 25 foizi – har yili 15 sentyabrgacha; 
     • 50 foizi – har yili 1 yanvarigacha;
     • 75 foizi – har yili 1 aprelgacha;
     • 100 foizi – har yili 1 iyulgacha ajratiladi.

    Kreditlar qanday tartibda qaytariladi?
  • Talabaning oʼquv davri va qoʼshimcha 6 oy imtiyozli davr hisoblanadi. Bu davrda kreditning faqat foiz toʼlovlari qaytariladi;
   • Imtiyozli davr tugagandan soʼng foizlarga qoʼshib 7 yil davomida kreditning asosiy qarzi ham toʼlanadi;
    • Kredit toʼlovlarini MKB MOBILE ilovasi orqali onlayn toʼlash mumkin.
 
   Eslatma: Kredit toʼlovlarida muddati oʼtgan qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda oʼquv davrining keyingi bosqichlari uchun kredit ajratish rad qilinishi mumkin.
 

 

Valyutalar kursi

19.08.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10940.00 10990.00 10934.97
EUR 10900.00 12000.00 11120.86
GBR 12600.00 13700.00 13199.60
JPY 77.00 90.00 80.88

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?