Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Kredit fuqaroga asosli tarzda ajratilinmagan
8.09.2021

Kredit fuqaroga asosli tarzda ajratilinmagan

    Kuni kecha “Bankir kundaligi” telegram kanalida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi fuqaro bankning Loyish filialidan kredit ololmasdan sarson bo‘layotganligi hamda filialning mansabdor hodimlari taʼmagirlik qilayotgani to‘g‘risida maʼlumotlar eʼlon qilindi. 

    Haqiqatan ham ushbu mijoz – X.Tursunov joriy yilning 11-yanvarida “Mikrokreditbank” └TB Loyish filialiga o‘zi rahbarligidagi “X└S└NOV TEMURBEK BEK ShOX” MChJ nomidan Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 200 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish uchun murojaat qilgan. 
 
   O‘rganishlar davomida ushbu fuqaro o‘zi rahbarligidagi “TEMURBEK PARRANDA CHORVA 5 O/K” korxonasiga 2020-yil avgust oyida 120 mln (bir yuz yigirma million) so‘m, ukasi Siroj Tursunovga tegishli “GOVBAND PARRANDA 5” korxonasiga 2021 yilning may oyida 245 mln so‘m, otasining nomiga ochilgan "OQDARYO PARRANDA-CHORVA" oilaviy korxonasiga 2018-yil sentyabr oyida parrandachilik faoliyati uchun 80 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar olgani, ushbu kreditlardan jami 17,9 mln so‘m miqdorida to‘lanmagan kredit qarzdorliklari mavjudligi aniqlandi. 
 
   Shuningdek, ayni paytda ushbu “jabrdiyda” tadbirkorning “└grobank” └TB Oqdaryo filialidan o‘z nomidagi “Temurbek Bek Shox” MChJga issiqxona qurish maqsadida 2020-yil dekabr oyida ajratilgan kreditdan 16 mln so‘m, Davlat soliq inspeksiyasidan 43,3 mln so‘mlik to‘lanmagan kredit va soliq qarzdorliklari mavjudligi tegishli maʼlumotlar bazasidan olindi. 
 
   Bundan tashqari, mazkur “tadbirkor” tumandagi tijorat banklaridan o‘ziga yaqin fuqarolar – singlisi G.Xasanova nomiga 8,5 mln so‘m, qaynotasi Gʼ.Normurodov nomiga 23 mln so‘m, turmush o‘rtog‘i K.Normurodova nomiga 20 mln so‘m, tanishi B.Bulakov nomiga 29.8 mln so‘m, otasi X.Tursunov nomiga 21 mln so‘m, o‘zining nomiga 23 mln soʼm – jami 125 mln so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar rasmiylashtirib, o‘zining boshqaruvidagi (taʼminotchi) korxonalar hisob raqamlariga tushirib, naqdlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan. └fsuski, bugungi kunda ushbu fuqarolarning nomlariga rasmiylashtirilgan kredit to‘lovlari ham o‘z vaqtida to‘lanmayapti. 
 
   Yuqoridagi holatlar hamda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2021-yil 22-aprel kuni hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlardan kelib chiqib, mijozga Mikrokreditbank tomonidan 1 200 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratib berish masalasi rad etilgan. Biroq, mijoz bundan norozi bo‘lib, ijtimoiy tarmoqda bankning xodimlariga nisbatan isbotlanmagan tuhmat toshlarini yog‘dirgan. 
 
   └yni paytda ushbu mijozning qilmishlariga huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga ariza bilan murojaat qilindi. 
 
Bank └xborot xizmati
 

Valyutalar kursi

17.09.2021 holatiga koĺra

Sotib olish Sotish OĺzR MB
USD 10680.00 10730.00 10681.06
EUR 12200.00 12800.00 12572.68
GBR 14100.00 15200.00 14762.29
JPY 90.00 115.00 97.62

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

Soĺrovnoma

Sayt haqida fikringiz