Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
"O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli" xalqaro forumi doirasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi
30.09.2021

   Joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari Toshkentda Xalqaro iqtisodiy forum o‘tkazilmoqda. Unda so‘nggi besh yil davomida O‘zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning tahlili, shuningdek iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun istiqbolli g‘oyalarni muhokama qilishga bag‘ishlanadi.

 Mazkur forum doirasida “Mikrokreditbank” ŔTB tomonidan 3 ta kelishuvlar: “Rosselxozbank” AJ (Rossiya), Germaniya jamg‘arma kassalari fondi hamda “Accion International” (AQSh) imzolandi.
 
  Jumladan, forumning ikkinchi kunida “Mikrokreditbank” ŔTB va “Rosselxozbank” ŔJ (Rossiya) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi (parrandachilik, quyonchilik va qishloq xo‘jaligi) imzolandi. Uni “Rosselxozbank” AJning xalqaro blok rahbari Dmitriy Mushkov, “Mikrokreditbank” nomidan Bank Boshqaruv Raisi Orif Butaev imzoladi. 
 
  Xalqaro hamkorlik bo‘yicha “Mikrokreditbank”ga tegishli ikkinchi muhim hujjat Germaniya jamg‘arma kassalari fondi o‘rtasida bank transformatsiyasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hozirgi kunda bank tomonidan transformatsiya jarayoni olib borilmoqda. Sparkassen Stiftung bilan memorandum imzolash orqali transformatsiya jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Memorandumni “Mikrokreditbank” Boshqaruv Raisi Orif Butaev hamda Germaniya jamg‘arma kassalari fondining uzoq muddatli eksperti va O‘zbekistondagi vakili Matias Vangler imzoladi. 
 
  Shuningdek, “Mikrokreditbank” ŔTB va “Accion International” (ŔQSh) o‘rtasida mikromoliyalash sohasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. 
 
   Loyiha bankda mikromoliyaviy xizmatlarni rivojlantirishning yuqori darajadagi strategik ustuvorliklarini ishlab chiqish va aniqlashni o‘z ichiga oladi. Loyihaning yakuniy maqsadi – kam taʼminlangan aholiga, kichik va o‘rta korxonalarga, kichik fermerlarga moliyaviy xizmatlarning to‘liq paketini taqdim etishdan iborat. 
 
   Uchrashuv davomida tomonlar mikrokorxonalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa bank bo‘lmagan hamda yetarli darajada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilmayotgan aholi uchun raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va shu orqali O‘zbekistondagi moliyaviy ommaboplikni oshirish uchun birgalikda qanday ishlarni amalga oshirishi mumkinligini ko‘rib chiqadilar. 
 
   Shuningdek, ular ochiq muloqot o‘tkazishga, muntazam ravishda uchrashib, hamkorlik borasidagi ishlarni amalga oshirishga xayrixohlik bildirishdi.
 

Valyutalar kursi

25.10.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10680.00 10750.00 10703.02
EUR 12000.00 13000.00 12461.53
GBR 14000.00 15200.00 14775.52
JPY 90.00 115.00 94.01

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?