Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
E'tiroz o'z isbotini topmadi
5.10.2021

E'tiroz o'z isbotini topmadi

 Kuni kecha "Achchiq haqiqat" telegram kanalida └ndijonlik └bdushukur Qodirxonov 7 yil oldin └ndijon viloyati , "Mikrokreditbankiga barcha hujjatlarni tayyorlab topshirgan bo'lsada, haligacha  sarsongarchikda yurgani haqidagi shikoyat maqola chop etildi. 

“Mikrokreditbank” └TB └ndijon viloyat filiali ushbu orqali Sizning, 17.08.2021 yildagi 2-sonli arizangizga javoban shuni yozib maʼlum qiladiki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5088-son Qarorining 2-bandi 2-xatboshida yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish tashkil etilayotgan Yoshlar sanoat zonalarining asosiy vazifalaridan biri sifatida koʼrsatilgan. Shuningdek, mazkur qarorning 9-bandining “b”-kichik bandida Yoshlar sanoat zonalari muxandislik-tehnik kommunikatsiyalari mavjud boʼlgan yoki oʼtkazish oson boʼlgan, faoliyat koʼrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer maydonlarida tashkil etilishi, “v”-kichik bandida Yoshlar sanoat zonalariga joylashtirish uchun investitsiya loyixalari tuman (shahar) xokimlari raxbarligida tuzilgan ishchi guruxlar tomonidan tanlab olinishi, “g”-kichik bandida esa Yoshlar sanoat zonalari xududida yer uchastkalari elektron onlayn-auktsion orqali ajratilishi belgilangan.

     “Shayxullo, Shamsinur, Shodiyona” MChJ tomonidan taqdim qilingan hujjatlarda jamiyatning yuridik manzili sifatida └ndijon shahar Orol koʼchasi 23-uy koʼrsatilgan boʼlib, taqdim qilingan biznes rejada esa jamiyatning ish faoliyatinini olib borish uchun yer maydoni mavjudligi, binoning qiymati 1 040 450 000,0 soʼmga baholanganligi, yaʼni, └ndijon shahar Bogʼishamol avtomobil bozori xududida joylashgan fuqaro Kadir-└xunov Shukurjon └bdurasulovichga tegishli oshxona binosida faoliyat yuritilishi koʼzda tutilgan.

     Yuqoridagilarga asosan jamiyatning faoliyat manzili Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5088-son qarorining tegishli bandlari talablariga muvofiq kelmaganligi sababli mazkur qaror doirasida kredit ajratish imkoni mavjud emasligini maʼlum qilamiz.

Valyutalar kursi

25.10.2021 holatiga koĺra

Sotib olish Sotish OĺzR MB
USD 10680.00 10750.00 10703.02
EUR 12000.00 13000.00 12461.53
GBR 14000.00 15200.00 14775.52
JPY 90.00 115.00 94.01

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

Soĺrovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?