Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
8.10.2021

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

   Mobil aloqa vositalari, texnika, texnologiyalar rivojlangani sari plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Biroq, ayrim firibgarlar insonlarning soddaliklaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda. Shu sababli sizlarni hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz.

   O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qatʼiy rioya qilishingizni so‘raymiz:
  • O‘z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
  • Tekshirish uchun kelgan SMS-tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmang;
  • Shubhali shaxslarga pul o‘tkazmang;
  • Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.
   Bank xodimi karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.
 
  Shuningdek, agarda biror shubhali saytdan to‘lov qilishingiz haqida xabarnoma kelsa – unday elektron manzillarni ochmang va hech qanday to‘lovlarni amalga oshirmang.
 

Valyutalar kursi

25.10.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10680.00 10750.00 10703.02
EUR 12000.00 13000.00 12461.53
GBR 14000.00 15200.00 14775.52
JPY 90.00 115.00 94.01

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz