Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” Komplayens nazoratiga tanlov asosida ishga taklif qiladi
15.10.2021

“Mikrokreditbank” Komplayens nazoratiga tanlov asosida ishga taklif qiladi

 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Bosh ofis Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati (Komplayens nazorati) rahbarlik lavozimlariga yuqori malakali xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlov bo‘yicha qo‘yilgan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

- Iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va sohaga oid boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha oliy maʼlumot.

- Moliya, soliq, komplaens, audit va ichki nazorat, iqtisodiy huquq bilan bog‘liq sohalarda 5 yildan kam bo‘lmagan ish staji.

- Kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MCOffice (Excel, word, PowerPoint), Outlook, Internet).

- Maʼlumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

- Faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.

- O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish qo‘shimcha rag‘batlantiriladi).

- Sudlanmaganlik va jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik.

- Oxirgi ish joyidan tavsiyanoma.

 Sizning majbriyatlaringizga quyidagilar kiradi:

- Tizim korxonalarida komplaens sohasida qabul qilingan va amaldagi meʼyoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish.

- Korrupsiya xatari yuqori holatlarni aniqlash, baholash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

- Korrupsiyaga qarshi davlat dasturlari bo‘yicha bankka yuklatilgan vazifalarni bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish.

- Bitimlarni tahlil qilish hamda ushbu bitimlar komplayens sohasida va boshqa qonun hujjatlarga mosligini o‘rganish.

- Moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish boʼyicha amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli monitoring o‘tkazish.

- Bank xodimlarini korporativ odob-axloq kodeksiga amal qilishi, xizmat tadbirlari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish yuzasidan amaliy ishlar olib borish.   

Buning natijasida Siz:

- Poytaxtimiz markazida joylashgan zamonaviy ofis;

- Barqaror ish haqi;

- Do‘stona va malakali jamoada ishlash;

- Zamonaviy innovatsion loyihalar doirasida o‘zini ko‘rsatish;

- Faol korporativ hayot;

- O‘z-o‘zini anglash va malakaliy o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz!

Ish haqi kelishilgan holda va amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ajratiladi.

Nomzodlar bankning kadr@mikrokreditbank.uz pochta manziliga oʼzining obʼektivkasini taqdim qilishi lozim.

Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun telefon raqam: 1285 (ichki raqam 1023/1024)

Valyutalar kursi

28.01.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10790.00 10860.00 10804.00
EUR 12000.00 12800.00 12097.24
GBR 14200.00 15400.00 14506.53
JPY 90.00 115.00 93.94

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?