Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Xorijiy valyutada olingan kreditlarni milliy valyutaga oʼtkazish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar
22.11.2021

Xorijiy valyutada olingan kreditlarni milliy valyutaga oʼtkazish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar

 Prezident 27-oktyabr kuni “Tadbirkorlik subʼektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bogʼliq yukini kamaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror tadbirkorlik subʼektlarining valyuta xatarlarini kamaytirishga qaratilgan. Qarorda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining valyuta xatarlarini kamaytirish uchun 1 mln ÀQSh dollarigacha xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar milliy valyutaga oʼtkazib berish koʼzda tutilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, Mikrokreditbank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni milliy valyutaga oʼzgartirish boʼyicha bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Àyni paytda bank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar qoldigʼi jami 490 ta mijozda 336,8 mln dollar ekvivalentini tashkil qiladi. Shundan, 1 mln dollar ekvivalentigacha boʼlgan kredit qarzdorligi 409 ta mijoz boʼyicha 87,2 mln dollarni tashkil etadi. 

Mikrokreditbank tomonidan valyuta tushumlariga ega boʼlgan ekporter korxonalarga xorijiy valyutadagi kreditini milliy valyutaga 14% stavkasida oʼtkazilishiga taklif bildirilgan.

Bundan tashqari valyuta tushumlariga ega boʼlmagan mijozlarga xorijiy valyutada ajratilgan kredit qoldigʼini milliy valyutaga yillik 20 foiz ustama haq toʼlash shartlari asosida oʼtkazish yuzasidan taklif bildirilgan. Bugungi kunda 15 ta mijoz tomonidan 3,3 mln dollarga teng xorijiy valyutadagi kredit qoldiqlari milliy valyutaga oʼtkazildi. Shundan, sonoat sohasiga 12 ta mijoz, xizmat koʼrsatish sohasiga 3 ta mijoz toʼgʼri keladi. 
 
“Mikrokreditbank” ÀTBning Fargʼona viloyatidagi mijozi “Afrosiyobfarm” MChJ rahbari xorijiy valyutadagi kreditini milliy valyutaga oʼtkazdi. 
“Korxonamiz farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʼullanib, asosan ichki bozor uchun moʼljallangan. Shu sababli ham bizga kreditlarni milliy valyutada toʼlash bir muncha qulaylik yaratdi”, deydi korxona rahbari Bekzod Rayimov.

Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 7 ta mijozning kreditlarini milliy valyutaga oʼtkazish rejalashtirilgan.

Valyutalar kursi

03.12.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10740.00 10810.00 10760.27
EUR 11700.00 12500.00 12186.01
GBR 14000.00 15200.00 14334.83
JPY 90.00 115.00 95.09

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz