Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank” tomonidan press-tur tashkil etildi
24.11.2021

 Mikrokreditbank” tomonidan press-tur tashkil etildi
 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan hududlarda tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash borasida aniq belgilab olingan rejalar asosida bir qator ishlar amalga oshirilimoqda. Xususan, bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar asosan aholi bandligini taʼminlash, kichik biznesni rivojlantirish, umuman olganda aholining mikromoliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanishiga zamin yaratmoqda. 
 
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda joriy yilning 24-noyabr kuni “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Toshkent shahar Ŕmaliyot boshqarmasi tomonidan moliyalashtirilgan Poytaxtning Yangi hayot tumanidagi “Umka garden” MChJ xususiy bogʼchasiga bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida ishtirokchilar xususiy bogʼcha faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi. 
 
Korxona 2021 yil boshida “Mikrokreditbank” tomonidan “Yoshlar tadbirkorligi” dasturi asosida xususiy maktabgacha taʼlim muassasasiga moddiy-texnik bazasi uchun 33 mln. soʼm kredit ajratilgan. Bolalar bogʼchasi ayni paytda toʼliq ishga tushirilgan. 
 
“Ŕyni paytda maktabgacha taʼlim muassasamizda 6ta guruh tashkillashtirilgan boʼlib, unda 90 nafardan oshiq bolajonlarimiz bor. Shuningdek, muassasamizda turli hil toʼgaraklar: raqs, karate yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, gapirishda qiynalayotgan bolalar uchun maxsus logoped darslari yoʼlga qoʼyilgan,” deydi maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi, Umida Xudayorova. 
 
Bundan tashqari yangi yil boshida yana qoʼshimcha guruhlar ochish hamda MTMni kengaytirishni maqsad qilganini taʼkidladi. 
 
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida oilaviy tadbirkorlik yoʼnalishida bankka onlayn kredit buyurtmalari yuborish, mahsulot, xomashyo, uskunalar yetkazib beruvchi korxonalar bilan munosabatlarni erkin amalga oshirish imkonini beruvchi Yagona elektron platforma ishga tushirildi.
 
Shuningdek, ushbu platformada bank va mahsulot (tovar) yetkazib beruvchi korxonalardan foydali maʼlumotlar olish, biznes-reja tanlash, qulay narxlarda mahsulot (tovar) yetkazib beruvchi korxonalarni topish kabi qoʼshimcha imkoniyatlar ham yaratildi.
 
Bevosita aniq raqamlarga toʼxtaladigan boʼlsak, Mikrokreditbank tomonidan joriy yilning oʼtgan oʼn oyi davomida aholi va tadbirkorlik subʼektlariga 1 936 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratilib, shuni hisobiga 76 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlandi.
 
Xususan: tikuvchilik sohasiga 392 mlrd.soʼm; chorvachilik sohasiga 321 mlrd.soʼm; xizmat koʼrsatish sohasiga 301 mlrd.soʼm; ishlab chiqarish sohasiga 291 mlrd.soʼm; issiqxona sohasiga 230 mlrd.soʼm; parrandachilik sohasiga 148 mlrd.soʼm; boshqa yoʼnalishlarga 253 mlrd.soʼmni tashkil qiladi.
 
Har bir hududning, mahallaning “oʼsish nuqtalari”ni aniqlagan holda imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmini yoʼlga qoʼyilishi natijasida, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan imtiyozli kreditlar 707 mlrd. soʼmga yoki ikki barobarga, aholi bandligi taʼminlash koʼrsatkichi 29 mingtaga oʼsdi.
 
Mazkur imtiyozli kreditlarning 63 foizga yaqini yoki 1 214 mlrd. soʼmi 42 526 nafar ishsiz yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishiga yoʼnaltirildi. Buning natijasida, 47 mingdan ziyod yoshlarning bandligi taʼminlandi.
 
Yana bir muhim oʼzini-oʼzi band qilish yoʼnalishida 9 863 ta jismoniy shaxslarga 223,2 mlrd. soʼm miqdorida (2020 yilda 1 079 nafar fuqaroga 22 mlrd.soʼm) kreditlar ajratildi.
 
Shu bilan birga, hududlarda ochilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ŕyollar daftari”ga kiritilgan 28 mingga yaqin yoshlar, xotin-qizlar va aholining ehtiyojmand qatlami vakillari tadbirkorlik qilishlari uchun 618 mlrd.soʼmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
 
Yil yakuniga qadar bank oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga filiallarida tadbirkorlar bilan ishlashning aynan "mijozga yoʼnaltirilgan”, oʼz mijozlari bilan “biznes-hamkor” sifatida ishlash, hududlarda esa bank faoliyatini “mijozbay”, “mahallabay” tamoyili asosida davom ettirish rejalashtirilgan. 
 
Bank Ŕxborot xizmati

Valyutalar kursi

03.12.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10740.00 10810.00 10760.27
EUR 11700.00 12500.00 12186.01
GBR 14000.00 15200.00 14334.83
JPY 90.00 115.00 95.09

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz