Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
“Oʼzbekiston naslli quyonlar yarmarkasi” boʼlib oʼtmoqda
17.12.2021

“Oʼzbekiston naslli quyonlar yarmarkasi” boʼlib oʼtmoqda

17-18-dekabr kunlari poytaxtimizning “Botanika” bogʼida “Oʼzbekiston naslli quyonlar yarmarkasi” boʼlib oʼtmoqda. Tadbirni Oʼzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki hamda Oʼzbekiston Veterinar va chorvadorlar assosiyasi oʼzaro hamkorlikda tashkil etdi. Yarmarkada 20 dan ortiq zotdagi nassli quyonlar namoyish etilmoqda.

Unda soha mutaxassislari quyonchilik bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlar bilan suhbatda boʼlishib, kelajakda quyon yetishtirishni koʼpaytirish, uning goʼshti, moʼynasining eksportini yoʼlga qoʼyish hamda eksport operatsiyalari boʼyicha maʼlumot berdilar.
 
Taʼkidlab oʼtish kerakki, “Mikrokreditbank” ŔTB respublikamizda quyonchilikni rivojlantirishga masʼul etib belgilanganidan beri ushbu yoʼnalishda sezilarli ishlar amalga oshirildi. Moliya muassasasiga joriy yilda quyonchilik yoʼnalishidagi 56 ta loyihaga umumiy qiymati 317,4 mlrd.soʼm miqdorida mablagʼ yoʼnaltirilgan. Shuning 200,9 mlrd. soʼmi bank kreditidir.
 
Bugungi kunda mazkur loyihalarningt 54 tasiga 187,3 mlrd.soʼm kredit shartnomalari imzolanib toʼlovlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq tumanida Italiya texnologiyalari asosida umumiy qiymati 30 mln. yevro boʼlgan (17,0 mln. yevro tashabbuskorning oʼz mablagʼlari, 13 mln. yevro bank krediti) yirik “Quyonchilik va naslchilik agrokompleks” tashkil etilmoqda. Ushbu loyihaga Mikrokreditbank tomonidan mijoz talabiga asosan 6,9 mln.evro kredit mablagʼlari ajratilgan.
Mazkur mablagʼlar naslli quyonlar, quyonlarni intensiv koʼpaytirishga moʼljallangan zamonaviy uskunalar, generator, qushxona kompleksi, qishloq hoʼjaligi va maxsus texnikalar, ozuqa yem mahsulotlari va oʼgʼit ishlab chiqarish uskunalari hamda laboratoriya jihozlari sotib olishga yoʼnaltirilgan.
 
Shuningdek, Italiyalik hamkorlar tomonidan joriy yilning dekabrü oyidan boshlab ushbu kompleks uchun yetishtirilgan (avia reyslar tasdiqlangan) naslli zotdor ota-ona quyonlar yetkazib berish boshlanadi. Hozirda Italiya davlatidan dastlabki 3000 boshga yaqin naslli ona quyonlar olib kelib parvarishlanmoqda. 
 
Umumiy qilib aytganda, bank tomonidan bugungi kunga qadar quyonchilik sohasini rivojlantirishga jami 4 773 ta mijozga 453,6 mlrd.soʼm, shundan 416 ta yuridik shaxslarga 361,3 mlrd.soʼm, 4 357 ta jismoniy shaxslarga 92,3 mlrd.soʼm kredit ajratilgan. Shuningdek joriy yilda 1 705 ta mijozga 208,9 mlrd.soʼm, shundan 66 ta yuridik shaxslarga 168,4 mlrd. soʼm, 1 639 ta jismoniy shaxslarga 40,5 mlrd.soʼm yoʼnaltirilgan.
 
Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

28.01.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10790.00 10860.00 10804.00
EUR 12000.00 12800.00 12097.24
GBR 14200.00 15400.00 14506.53
JPY 90.00 115.00 93.94

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?