Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
ôKobaltö mashmashasi: IDD└OL└R BOʼRTTIRILG└N EK└NI └NIQL└NDI
12.05.2022

ôKobaltö mashmashasi: IDD└OL└R BOʼRTTIRILG└N EK└NI └NIQL└NDI

   Bugun banklar tomonidan taqdim etilayotgan turli yoʼnalishdagi xizmatlar aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan, desak adashmaymiz. └na shunday eng talabgir xizmatlardan biri avtokreditdir.

   └lbatta, bu xizmatning talabgirligi aholining mashina olish istagida boʼlgan qatlami uchun juda qulay. └mmo ayrim holatlarda taqdim etilgan xizmatlarning notoʼgʼri talqini bank imidjiga salbiy taʼsir qilmay qolmaydi.
 
  Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Chiroqchi tumani “Boʼronjiz” MFY Boʼronjiz qishlogʼida yashovchi fuqaro └bdullaev Boymirza tomonidan Markaziy bank Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi boshligʼiga yozgan arizasi va Prezidentimizga qilgan murojaati tarqaldi.
 
   Ushbu murojaat oʼrganilib, quyidagilar aniqlandi:
 
 Murojaatda taʼkidlanishicha, fuqaro └bdullaev Boymirza “Mikrokreditbank” └TB Chiroqchi filiali bilan 2019-yil 14-martda Kobalt mashinasini olish uchun 36 oy muddatga 3 oylik imtiyozli davr bilan yillik 30 foiz ustama haqi toʼlash sharti asosida kredit shartnomasini tuzadi. Shundan soʼng bank tomonidan fuqaro └bdullaev Boymirzaga 84.164.910 soʼm miqdorida kredit ajratiladi.
 
  Mashinali boʼlgan fuqaro └bdullaev Boymirza shartnomaga asosan kreditlarni toʼlashga kirishadi.
 
  └mmo oʼrganishlar davomida fuqaro └bdullaev Boymirza kreditlarni toʼlash shartlarini bir necha marta buzgani, natijada qarzdorlik aniqlangani maʼlum boʼladi. Lekin mijoz └bdullaev Boymirza shartnoma shartlarini yaxshi anglamagan, shekilli, Markaziy bank Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi boshligʼiga “Mikrokreditbank” └TB Chiroqchi filiali boshligʼi va buxgalteri ustidan shikoyat qiladi va undan ortiqcha toʼlov toʼlashni talab qilishayotganini bildirib oʼtadi.
 
  Shuningdek, fuqaro └bdullaev Boymirza 2019-yil 14-martdan buyon toʼlagan kredit summalari toʼliq koʼrsatilmaganini, ayni damda avtomashina uchun oʼzining hisob-kitoblari boʼyicha 160 million soʼmga yaqin pul toʼlaganini, 2022-yil aprel holatiga koʼra, asossiz qarzdorligi esa 13 million soʼmdan ortiq ekanini iddao qiladi.
  
  Biroq oʼrganishlar davomida fuqaro └bdullaev Boymirzaning bu kabi iddaolari boʼrttirilgan va asossiz ekanligi maʼlum boʼldi. 
 
   Shuningdek, kredit mablagʼi ajratilgan sanadan oʼrganish sanasigacha boʼlgan davrda kredit hisobiga sotib olingan avtomashina uchun jami 113.312.905 soʼm toʼlov amalga oshirilgan boʼlib, 2022-yil 19-aprel holatiga koʼra, kredit qarzdorligi 13. 375.651 soʼm va kredit foiz toʼlovlari boʼyicha qarzdorlik 753.657 soʼmni tashkil qilgani aniqlandi.
 
   └yni paytda fuqaro └bdullaev Boymirzaga murojaati yuzasidan qayta tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
 
Bank └xborot xizmati

 

Valyutalar kursi

24.05.2022 holatiga koĺra

Sotib olish Sotish OĺzR MB
USD 11085.00 11140.00 11084.90
EUR 11720.00 11950.00 11836.46
GBR 13810.00 14080.00 13940.37
JPY 83.00 100.00 86.93

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

Soĺrovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?