Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank” ŔTB Xususiy sektorni rivojlantirish boʼyicha Islom korporatsiyasidan 50 mln. ŔQSh dollar ajratish boʼyicha kelishuvga erishdi
7.06.2022

Mikrokreditbank” ŔTB Xususiy sektorni rivojlantirish boʼyicha Islom korporatsiyasidan 50 mln. ŔQSh dollar ajratish boʼyicha kelishuvga erishdi

    Joriy yilning 1-4-iyun kunlari Misr davlatining Sharm el-Sheyx shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining 47-Yillik yigʼilishi doirasida oʼtkazilgan xususiy sektor forumida “Mikrokreditbank” ŔTB hamda XSRIK oʼrtasida kichik biznesni qoʼllab-quvvatlashga 50 mln. dollar ajratish boʼyicha memorandum imzolandi.

  Shuningdek, mazkur forum davomida XSRIK tomonidan bankda 2022-2023-yillarda “Islomiy darcha”ni ochish yoʼnalishida texnik maslahat xizmatlari, shuningdek, qayta tiklanadigan “yashil” energetika manbalariga bogʼliq yirik loyihalarni joriy etish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.
 
   Shubhasiz, bunday hamkorlik bankimiz tomonidan koʼrsatilayotgan xizmatlar koʼlamini kengaytirishga, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, qolaversa, respublikamizda yangi ish oʼrinlarining yaratilishiga mustahkam zamin yaratadi.
 
  Maʼlumot tariqasida, Mikrokreditbank va XSRIK oʼrtasidagi hamkorlik doirasida hozirga qadar 22.0 mln. ŔQSh dollari ajratilgan boʼlib, ushbu mablagʼlar doirasida 33 ta investitsion loyihalar moliyalashtirilib, 1500 dan ortiq ishchi oʼrni tashkil etilgan.
 
  Shuningdek, xususiy sektor forumi doirasida International Turnkey Systems (ITS) kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. ITS kompaniyasi Quvayt davlatida joylashgan boʼlib, moliyaviy institutlar, hukumat va xususiy sektor tashkilotlari uchun muhim biznes funksiyalarini qoʼllab-quvvatlaydigan ilgʼor texnologik yechimlarni taqdim etadi. Muzokaralar davomida bankda “Islomiy darcha” ochish maqsadida IT sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi. 
 
Bank Ŕxborot xizmati

Valyutalar kursi

19.08.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10940.00 10990.00 10934.97
EUR 10900.00 12000.00 11120.86
GBR 12600.00 13700.00 13199.60
JPY 77.00 90.00 80.88

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz