Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Parrandachilik tarmogi boyicha Buxoro viloyatiga press-tur tashkillashtirildi
22.06.2022

Parrandachilik tarmogi boyicha Buxoro viloyatiga press-tur tashkillashtirildi

      Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi “Parrandachilik tarmogʼini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-100-sonli qarori hamda 2022-yil 15-iyundagi “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-281-sonli qarorlari qabul qilindi. Unga asosan, parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi ijrosiga eʼtibor qaratilgan. Qarorda qayd etilishicha, 2022 yil 1 iyundan 400 mlrd. soʼmgacha kredit mablagʼlari hisobidan parrandachilik xoʼjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.

    Bugun respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yoʼnalishidagi tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Mikrokreditbank” TBga 85 million QSH dollar miqdoridagi mablagʼ ajratish belgilangan. Hozirga qadar (birinchi bosqichda) 50 million QSH dollari miqdoridagi mablagʼlar yoʼnaltirilgan. 
 
    Shuningdek, “Mikrokreditbank” TB tomonidan oʼtgan davr mobaynida 200 dan ortiq parrandachilik xoʼjaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 491,3 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratildi. 
   
     Joriy yilning 22-iyunida “Mikrokreditbank” TB, “Parrandasanoat” uyushmasi hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Buxoro viloyat boʼlimi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Behtarin Group” MCHJda bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. 
   
     Press-tur davomida OV vakillari “Behtarin Group” MCHJ faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi. 
 
“Behtarin Group” MCHJ haqida maʼlumot
 
    “Behtarin Group” MCHJ faoliyati goʼsht yoʼnalishidagi parrandachilikka moʼljallangan boʼlib, “Mikrokreditbank” TB tomonidan 2021-yilda 2 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 3,3 mlrd.soʼm miqdorida kredit ajratilgan.
 
     “Behtarin Group” MCHJ bugungi kunda toʼliq ishga tushgan boʼlib, hozirda korxonada 30 ga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratilgan. Kelgusida korxonani kengaytirish hisobiga ishchilar sonini 40 nafardan oshirish rejalashtirilgan.
 
       Hozirda korxonada 1 oyda oʼrtacha 75 ming bosh joʼja boqilyapti, mahsulot asosan, ichki bozorni taʼminlashga moʼljallangan. Shuningdek, yaqin oylarda korxona kengaytirilib, yil oxirigacha 90 ming bosh joʼja boqilishi natijasida oʼrtacha 180 ming tonna goʼsht holida ichki bozorga chiqariladi.
 
      Mazkur korxona 2023-yilda oʼz faoliyatini kengaytirib, 3 ta sex qurishni, u yerda parranda uchun asosiy ozuqa boʼlgan yem ishlab chiqarishni va boqilgan joʼjalarni soʼyish liniyasini ham tashkil etishni maqsad qilgan. 
 
     Xulosa oʼrnida aytish mumkinki, bugun “Mikrokreditbank” TB tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash yoʼlida doim ular bilan birga. 
 
Bank xborot xizmati

Valyutalar kursi

04.07.2022 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10850.00 10905.00 10850.10
EUR 11000.00 12000.00 11344.86
GBR 12600.00 13600.00 13094.99
JPY 77.00 90.00 79.99

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?