Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank tizimidagi xodimlar uchun malaka oshirish kurslari o‘tkazildi
23.06.2022

Mikrokreditbank tizimidagi xodimlar uchun malaka oshirish kurslari  o‘tkazildi

   Mikrokreditbank tizimida xodimlar bilimini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida o‘quv seminarlari, malaka oshirish kurslari hamda onlayn o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

  Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo institutida Mikrokreditbank tizimidagi xodimlar uchun malaka oshirish darslari bo‘lib o‘tdi. 
 
   Bank Boshqaruvining tegishli qarori asosida tashkillashtirilgan mazkur darslar ikki kunlik aniq dasturga muvofiq anaʼnaviy tarzda o‘tkazildi. Unga ko‘ra, tizimdagi mavjud rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga olingan xodimlarning malakalarini oshirish ko‘zda tutilgan. 
 
  Darslar davomida ishtirokchilarga taym menejmentning zamonaviy tamoyillari, maʼlumotlar asosida qarorlar qabul qilish, bank imijini shakllantirishning psixologik jihatlari, mijozlar bilan yuzaga keladigan munozarali holatlarni boshqarish, innovatsion bank xizmatlarini joriy etish, tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi kurashish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish kabi masalalarda amaliy hamda nazariy tavsiyalar berildi.
 
   O‘quv dasturi muvaffaqiyatli o‘tilgandan so‘ng xodimlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
 

Valyutalar kursi

04.07.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10850.00 10905.00 10850.10
EUR 11000.00 12000.00 11344.86
GBR 12600.00 13600.00 13094.99
JPY 77.00 90.00 79.99

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?