Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank navbatni boshqarish va xodimlarning xizmat koʻrsatish darajasini belgilash tizimi jihozlarini harid qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.
13.09.2018

 “Mikrokreditbank” ATB Amaliyot boshqarmasi mijozlarga xizmat koʻrsatishda navbatni boshqarish va xodimlarning xizmat koʻrsatish darajasini belgilash tizimi jihozlarini harid qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda xorijiy firma va tashkilotlar, mahalliy yetkazib beruvchilar, shuningdek, taklif etilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va/yoki ularning avtorizatsiyasiga ega yetkazib beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Toʻlov shakli: Milliy valyuta (soʻm) da.

Tanlov boʻyicha takliflar eʼlon chop etilgan kundan boshlab 5 (besh) kun mobaynida qabul qilinadi.

Tanlov boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun bankning www.mikrokreditbank.uz veb-sayti orqali yoki quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: 100096, Toshkent shahar, Lutfiy koʻchasi, 14 uy. Telefon: (0371) 202-12-12.

 

Bank Axborot xizmati

Valyutalar kursi

03.06.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10130.00 10180.00 10148.31
EUR 10700.00 11300.00 11262.59
GBR 12000.00 12500.00 12527.07
JPY 90.00 100.00 94.17

Valyutalar konvertori