Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” “Bank xizmatlari markazlari” lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi
22.05.2020

“Mikrokreditbank” “Bank xizmatlari markazlari” lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi
    “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tashabbuskor, innovatsion gʼoyalarga ega yosh yigit-qizlarni Respublikaning barcha hududlarida yangidan tashkil etilayotgan “Bank xizmatlari markazlari” lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.
 
   Tanlov ishtirokchilaridan:
 
    – oʼziga yuklatilgan vazifalarni tez va sifatli bajara olishi; 
    –  chet tillarida mukammal soʼzlasha olishi;
  – egallayotgan mutaxassisligi boʼyicha mukammal bilimga hamda bank sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarni puxta bilishi; 
  – axborot texnologiyalari (turli dasturlar, jumladan WORD, EXCEL) sohasini yaxshi bilishi;
    – innovatsion gʼoyalar va takliflarga ega boʼlishi (alohida inobatga olinadi);
  – 1 yildan 5 yilgacha ish stajiga hamda oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʼlishi talab qilinadi.
 
    Tanlov ishtirokchilari oʼzlari haqidagi maʼlumotni (rezyume-obyektivka rangli rasm bilan, pasport nusxasi, diplomning nusxasi) 2020-yil 22-maydan 30-may kuniga qadar Bosh ofisning Kadrlar departamentiga elektron shaklda (kadr@mikrokreditbank.uz pochta manziliga)taqdim etishlari mumkin.
 
   Tanlov gʼoliblari bankning “Kasbga muvofiqlikni aniqlash komissiyasi” xulosasiga koʼra aniqlanadi va shartnomaga muvofiq ishga qabul qilinadi.
 
    Maʼlumot uchun telefon 202-99-99 (1021,1022)

 

Valyutalar kursi

03.06.2020 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10130.00 10180.00 10148.31
EUR 10700.00 11300.00 11262.59
GBR 12000.00 12500.00 12527.07
JPY 90.00 100.00 94.17

Valyutalar konvertori