Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Davlat xaridlarini bekor qilinishi yuzasidan e'lon
2.11.2020

Davlat xaridlarini bekor qilinishi yuzasidan e'lon

     “Mikrokreditbank” TB bankning binosiga oʼrnatish uchun video kameralar, yongʼin signalizatsiyasi va qoʼriqlash signalizatsiyalarini sotib olish hamda oʼrnatish boʼyicha 2020 yil 13 oktyabrda davlat xaridlari portalining etender.uzex.uz saytida va ularga eʼlon qilingan elektron tanlovlar 2968, 2969 va 2970-sonli lot raqamlari biriktirilgan.

     Tanlov ishtirokchilari tomonidan maxsus portal orqali elektron tarzda yoʼllangan tijorat takliflari maxsus komissiya tomonidan oʼrganildi.
 
  Takliflar oʼrganilganda va ishtirokchilarning oʼzaro bogʼliqligi boʼyicha tahlil oʼtkazilganda “Elegant Techno Fortuna” MChJ va “Apple-Service” xususiy korxonalarining taʼsischilari bir kishi, shuningdek, korxona rahbarlarining familiya va otasining ismi bir xil ekanligi aniqlandi.
 
    Bundan koʼrinmoqdaki, mazkur ikki ishtirokchilarning rahbarlari oʼzaro yaqin qarindosh ekanliklari ehtimoli mavjud.
 
“Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining 34-moddasida ishtirokchi raqobatlashuvda adolatsiz ustunlikka ega boʼlsa yoki qonun hujjatlarini buzgan holda manfaatlar toʼqnashuvini keltirib chiqarsa davlat buyurtmachisi yoki maxsus axborot portali operatori quyidagi hollarda ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatishi hamda ushbu qonunning 36-moddasida davlat buyurtmachisi gʼolib boʼlgan taklif aktseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga egaligi, davlat xaridi bekor qilingan taqdirda davlat buyutmachisi maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini eʼlon qilishi belgilangan.
 
    Shu munosabat bilan bankning xaridlarni tashkil etish va amalga oshirish boʼyicha maxsus komissiyasining 2020 yil 2 noyabrdagi qarori bilan elektron tanlov jarayonida davlat xaridlari toʼgʼrisidagi qonun xujjatlari buzilishini va ishtirokchilar tomonidan sunʼiy ravishda raqobatni cheklanishini oldini olish maqsadida “Elegant Techno Fortuna” MChJ va “Apple-Service” xususiy korxonalari elektron tanlovda ishtirok etishdan chetlashtirilib, 2968, 2969 va 2970-sonli lotlar orqali amalga oshirilayotgan davlat xaridlari bekor qilindi.

Valyutalar kursi

27.11.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10410.00 10450.00 10414.86
EUR 12000.00 12600.00 12344.73
GBR 13000.00 14500.00 13833.02
JPY 90.00 110.00 100.29

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz