Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tanlov eʼlon qiladi
3.05.2021

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tanlov eʼlon qiladi

     Mazkur tanlovda iqtisodiy yoki axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakaga ega boʼlgan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. 

  Boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari bankda transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga masʼul boʼladi. Lavozim vazifalari:
 
  a) bank faoliyatini transformatsiya qilish boʼyicha ishlab chiqilgan “Yoʼl xarita”dagi vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish;
  b) bankdagi biznes jarayonlarni samarali yoʼlga qoʼyish va raqamlashtirish yoʼnalishidagi loyihalarni boshqarish;
 v) transformatsiya rejalarini amalga oshirishda bankning tegishli tarkibiy boʼlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
 g) xalqaro banklar tajribasidan, shuningdek, ilgʼor axborot texnologiyalari va yangiliklaridan kelib chiqqan holda bankda zamonaviy boshqaruv amaliyoti va texnologiyalarini joriy yetish boʼyicha takliflar ishlab chiqilishi va amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
   d) bankning rivojlantirish dasturlarini tashabbus qilish va muvofiqlashtirish, shu jumladan:
- bank atrofida ekotizim yaratish;
- biznesni rivojlantirishning istiqbolli yoʼnalishlari, bozor segmentlari va hamkorlarni qidirish.
  e) xizmat koʼrsatish sifatini oshirish, mahsulotlarni standartlashtirish boʼyicha tegishli departamentlarning tashabbuslari va loyihalarini qoʼllab-quvvatlash;
  j) bank axborot texnologiyalari tizimi xizmat koʼrsatishning asosiy qoʼllab-quvvatlovchi vositasi sifatida shakllanishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
   
    Tanlov ikki bosqichda oʼtkaziladi:
 
   Birinchi bosqichda nomzodning taqdim etilgan hujjatlari oʼrnatilgan talablarga mos kelishi koʼrib chiqiladi:
 
   – iqtisodiyot yoki axborot texnologiyalari yoʼnalishda oliy maʼlumotga ega boʼlishi; 
  – bank sohasida xalqaro tajribaga va yuqori malakaga egaligi, rahbarlik lavozimlaridagi ish tajribasi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʼlishi;
  – oʼzbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qilishi;
 – loyihalarni amalga oshirish va boshqarishda zamonaviy innovatsion usullarni qoʼllash qobiliyatiga ega boʼlishi. 
 
   Nomzodlar oʼrnatilgan talablarga javob berishlarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagilarni ilova qilishi lozim:
   – tanlov shartlari va oʼtkazilishi tartibi bilan tanishganligi koʼrsatilgan arizasi; 
 – pasport nusxasi hamda anketa (rezyume, CV kabi shaxsiy va ish faoliyati, erishgan natijalari toʼgʼrisidagi) maʼlumotlari.
 
  Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdan oʼtgan nomzodlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bank Kuzatuv Kengashiga tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi. Nomzod Kuzatuv Kengashi yigʼilishiga yoki uning aʼzolari bilan suhbatga taklif etilishi mumkin.
 
   Yuqoridagilar bilan birga, nomzodning xushmuomalaligi, analitik fikrlashi, stressga qarshiligi, jamoaviy ishi, ijodkorligi, innovatsion gʼoyalar va ularni amalga oshirish qobiliyati baholanadi. 
 
   Hujjatlar 2021-yilning 15-mayidan 15-iyunigacha qabul qilinadi. Oʼrnatilgan muddatdan soʼng taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi va koʼrib chiqilmaydi.
  Tanlov 2021-yil 1-iyul* kuni oʼtkaziladi. 
 
     Izoh:
  1) Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-apreldagi qaroriga asosan, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʼlgan xoʼjalik jamiyatlari ijro organi rahbari va rahbar oʼrinbosari lavozimlariga nomzodlarni koʼrsatish Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning tegishli oʼrinbosarlar va maslahatchilari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
   2) Taqdim etilgan hujjatlar nomzodlarga qaytarib berilmaydi. Tanlov natijasi toʼgʼrisida faqatgina mazkur bosqichdan oʼtgan nomzodlarga xabar beriladi. 
 
   Hujjatlar kadr@mikrokreditbank.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
   Manzil: 100096, Toshkent shahar, Lutfiy koʼchasi, 14-uyda 
   Qoʼshimcha maʼlumotlarni 71 202-99-99 (1022, 1024) raqamlaridan olishingiz mumkin. 
 
 *Kuzatuv Kengashi bilan kelishgan holda maʼlum qilinadi
 

Valyutalar kursi

11.05.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10480.00 10570.00 10529.73
EUR 12400.00 13200.00 12808.36
GBR 14400.00 15200.00 14838.50
JPY 90.00 115.00 96.82

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 273-04-40

                1285 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz