Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQÀTIGÀ!
27.08.2021

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQÀTIGÀ!

HURMÀTLI ÀKSIYADORLÀR!

    “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2021-yil 21-sentyabr kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ÀTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.
 
Yigʼilish kun tartibi:
 
   1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Àksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash. 
     2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga oʼzgartishlar kiritish.
“Mikrokreditbank” ÀTB Kuzatuv kengashining 2021-yil 27-avgust kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri 2021-yil 15-sentyabr kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2021-yil 27-avgust kuni holatiga tuziladi.
 
   Àksiyadorlarni roʼyxatga olish 2021-yil 21-sentyabr kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.
 
   Àksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.
 
   Àksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferens-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.
 
   Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
 
     Tel: 998 (71) 202-99-99 (1316, 1317)

Bank Kuzatuv kengashi
 

Valyutalar kursi

17.09.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10680.00 10730.00 10681.06
EUR 12200.00 12800.00 12572.68
GBR 14100.00 15200.00 14762.29
JPY 90.00 115.00 97.62

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz