Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” Monitoring va muammoli aktivlar bilan ishlash departamentiga tanlov asosida ishga taklif qiladi
2.11.2021

“Mikrokreditbank” Monitoring va muammoli aktivlar bilan ishlash departamentiga tanlov asosida ishga taklif qiladi

   “Mikrokreditbank” ATB Monitoring va muammoli aktivlar bilan ishlash departamentiga yuqori malakali, bilimli, va bank sohasida tajribaga ega nomzodlarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.

    Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
 
  – iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bank sohasi bo‘yicha oliy maʼlumot;
  – moliya va bank sohalarida 1 yildan kam bo‘lmagan ish staji;
 – kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MC Office: Exel Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
 – maʼlumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
 
    Nomzodning vazifalari:
 
  – Bank kredit portfeli bo‘yicha kunlik tahliliy maʼlumotlar shakllantiradi;
  – Boshqaruv tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
 – Kunlik ajratiladigan kredit qarzdorliklarni kredit yig‘majildini shakllantirilishi hamda to‘g‘ri ishlatilishi ustidan masofaviy monitoring o‘tkazadi.
 
    Buning natijasida Siz:
  – Poytaxtimiz markazida joylashgan zamonaviy ofis;
  – Barqaror ish haqi;
  – Do‘stona va malakali jamoada ishlash;
  – Zamonaviy innovatsion loyihalar doirasida o‘zini ko‘rsatish;
  – Faol korporativ hayot;
  – O‘z-o‘zini anglash va malakaliy o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz! 
  Ish haqi: kelishilgan holda va amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ajratiladi.

   Nomzodlar bankning kadr@mikrokreditbank.uz pochta manziliga o‘zining obyektivkasini taqdim qilishi lozim.
   Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon raqam: 1285 (ichki raqam 1023/1024)
 

Valyutalar kursi

03.12.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10740.00 10810.00 10760.27
EUR 11700.00 12500.00 12186.01
GBR 14000.00 15200.00 14334.83
JPY 90.00 115.00 95.09

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz