Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Aksiyadorlar DIQQÀTIGÀ!
22.12.2021

Aksiyadorlar DIQQÀTIGÀ!

 "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQÀTIGÀ!

HURMÀTLI ÀKSIYADORLÀR!
 
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2022-yil 13-yanvar kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ÀTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Yigʼilish kun tartibi:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Àksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki eʼlon qilingan aksiyalarining eng koʼp miqdorini belgilash.
3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga oʼzgartishlar kiritish.
“Mikrokreditbank” ÀTB Kuzatuv kengashining 2021-yil 21-dekabr kungi majlis qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri 2022-yil 8-yanvar kun holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2021-yil 21-dekabr holatiga tuziladi.

Àksiyadorlarni roʼyxatga olish 2022-yil 13-yanvar kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.
Àksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.

Àksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferents-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.

Tel: 1285 (1316, 1317)

Bank Kuzatuv kengashi

 

Valyutalar kursi

28.01.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10790.00 10860.00 10804.00
EUR 12000.00 12800.00 12097.24
GBR 14200.00 15400.00 14506.53
JPY 90.00 115.00 93.94

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz