Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQÀTIGÀ!
7.01.2022

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQÀTIGÀ!

HURMÀTLI ÀKSIYADORLÀR!

  “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2022-yil 2-fevral kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ÀTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.
 
Yigʼilish kun tartibi:
   1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Àksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.
    2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalidagi davlat ulushini soliq imtiyozi natijasida boʼshagan mablagʼlarni maqsadli yoʼnaltirish orqali oshirish uchun joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning kamida uchdan ikki qismi egalari boʼlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligini olish.
   3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni maʼqullash.
   4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini qoʼshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʼli bilan koʼpaytirish va qoʼshimcha aksiyalarini chiqarish haqida qaror qabul qilish.
  5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan qoʼshimcha aksiyalar joylashtirilayotganda Bank aksiyadorlarining imtiyozli olish huquqini qoʼllamaslik.
  6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki qoʼshimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlarini belgilash.
    7. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Àksiyalar qoʼshimcha chiqarilishi toʼgʼrisidagi qarorini tasdiqlash.
   8. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi faoliyati samaradorligining asosiy koʼrsatkichlarini (“KPI”ni) tasdiqlash.
 
   “Mikrokreditbank” ÀTB Kuzatuv kengashining 2022-yil 7-yanvar kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri 2022-yil 27-yanvar kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2022-yil 7-yanvar kuni holatiga tuziladi.
 
  Àksiyadorlarni roʼyxatga olish 2022-yil 2-fevral kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.
  Àksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.
 
  Àksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferens-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.
 
   Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
 
Tel: 998 (71) 202-99-99 (1316, 1317)
 
Bank Kuzatuv kengashi

Valyutalar kursi

28.01.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10790.00 10860.00 10804.00
EUR 12000.00 12800.00 12097.24
GBR 14200.00 15400.00 14506.53
JPY 90.00 115.00 93.94

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 202-99-99

                1285 (ichki 1299)

 

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz