Moliyaviy tashkilotlarga

Nashr uchun talqin

 

“Fitch Reytings” halqaro reyting agentligi tomonidan 2019 yil 14 yanvarda bankning kreditga layoqatlilik reytingi “BB-” “Barqaror” deb baholandi.

Reyting kompaniyasi "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankini kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub`yektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatuvchi eng yirik banklardan biri sifatida e`tirof etdi.

Shuningdek, "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki Respublikamizdagi boshqa tijorat banklariga nisbatan:

  • moliyaviy majburiyatlarni to`liq va o`z vaqtida bajarish bo`yicha yuqori qobiliyatli;
  • xizmat ko`rsatish infrastrukturasini shakllanganligi nuqtai-nazaridan keng qamrovli xizmat ko`rsatuvchi;
  • bank kapitali darajasi yuqoriligi, yirik banklar qatorida sanalishi va doim ishonchli mijozlar doirasini kengaytirishga qaratilgan faoliyatni olib boruvchi bank sifatida tavsiflanadi.


Bugungi kunda bank Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari orasida o`zining obro`-e`tiborini yanada oshirib borish va uning barqarorligini ta`minlash maqsadida oqilona boshqaruv siyosatini olib boradi.

Valyutalar kursi

03.06.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10130.00 10180.00 10148.31
EUR 10700.00 11300.00 11262.59
GBR 12000.00 12500.00 12527.07
JPY 90.00 100.00 94.17

Valyutalar konvertori