Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40
Bosh sahifaJismoniy shaxs xizmatlari

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Jismoniy shaxs xizmatlari

"Mikrokreditbank" kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo`li bilan yangi ish o`rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarida aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo`lishini ta`minlash uchun moliyaviy mablag`lar berishni yanada kengaytirishga da`vat etilgan.

"Mikrokreditbank" tarkibida 86 ta filial va 75 ta minibank mavjud. Bugungi kunda bank o`zining yetuk mutaxassislari bilan 410 mingdan ortiq mijozlariga sifatli bank xizmati ko`rsatib kelmoqda.

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki o`z mijozlariga milliy hamda chet el valyutasida quyidagi bank xizmatlarini ko`rsatadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning xisob-varaqalarini ochish va hisob-varaqalar bo`yicha hisob-kitob yuritish;
  • omonatlarni jalb qilish;
  • kreditlar va uning foizlarini o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash bilan, o`z mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobidan o`z nomidan kreditlar berish;
  • mablag` egasi yoki mablag`ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag`larini boshqarish;
  • pul mablag`larining to`lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassa qilish;
  • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
  • qimmatli qog`ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog`ozlarni boshqarish, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish;
  • bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko`rsatish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po`lat sandiqlarni ijaraga berish;
  • WESTERN UNION xalqaro pul ko`chirish xizmatlarini amalga oshirish;
  • moliya lizing xizmatlari ko`rsatish.

 Ma'lumotni yuklab olish (DOC, 47.5 KB)

 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi