Jismoniy shaxslarni kreditlash

Nashr uchun talqin

Bank axolining keng qatlamini kreditlash shuningdek, yosh oilalarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash, xususan uzoq qishloq joylardagi yosh oilalarni bank sarmoyalaridan baxramand etish maqsadida 2008 yil davomida keng ko`lamli ishlarni amalga oshirdi.

Ularga uy-joy sotib olishlari, to`y marosimlarini o`tkazishlari, oila extiyojlari uchun zaruriy jihozlar xaridi hamda birinchi farzand extiyojlari uchun ham imtiyozli iste`mol va ipoteka kreditlari ajratish borasida 2008 yil davomida 6,9 mld. so`mlik iste`mol kreditlari ajratilib, jami kredit qo`yilmadagi ulushi 4,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklari qo`llab-quvvatlash, aholi bandligining o`sishi, uning daromadi va turmush darajasini oshirish, ichki bozorni hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror to`ldirish maqsadida bank tomonidan kredit maxsulotlari taqdim etish yuzasidan yangi loyixalar ishlab chiqilib amalga tadbiq etib kelinmoqda.

Mazkur yo`nalishda 2008 yil davomida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklariga chorva mollari ?aridi uchun 4,8 mld. so`m miqdorida kreditlar ajratildi.

Ajratilgan kreditlar shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva mollarni yanada ko`paytirishni rahbatlantirishga, shu asosda qishloq aholisining bandlik darajasi va daromadlarini oshirishga, go`sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sishini hamda ichki iste`mol bozorining to`ldirilishini ta`minlashga qaratilgan.

Valyutalar kursi

20.11.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 9480.00 9530.00 9500.96
EUR 10200.00 10700.00 10498.56
GBR 12000.00 12500.00 12255.29
JPY 85.00 90.00 87.38

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova

 

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?