Depozit va omonatlar turlari

Nashr uchun talqin

Mikrokreditbank ATB tizimida jismoniy shaxslar uchun amalda bo'lgan omonat turlari

Omonat nomi

Muddati

Foiz stavkalari

Izoh

1

Kundan kun yaxshi 2

5 kundan 90 kungacha

 5 - 34 kun muddatga 15%;

35 - 64 kun muddatga 16%;

65 - 90 kun muddatga 17%.

   Ushbu jamg'arma omonatiga mablag'lar naqd pulda yoki online (MKB mobile ilovasi orqali) qabul qilinadi. Ushbu jamg‘arma omonat turiga qo‘shimcha mablag‘lar qabul  qilinadi hamda hisoblangan foiz to‘lovlari omonat muddati tugagandan so‘ng to‘lab beriladi. Omonat (kapitalizasiya qilinmaydi)

2

Baxtli bolalik

1 yildan 15 yilgacha

 10%

  Ushbu jamg'arma omonatiga mablag'lar naqd pulda yoki online (MKB mobile ilovasi orqali) qabul qilinadi. Ushbu omonat voyaga yetmagan bolalar nomiga, bolaning tug'ilganligi haqida guvohnomasi taqdim etilgan holda ochiladi va mablag'lar naqd pulda hamda pul ko'chirish orqali qabul qilinadi. Bunda pul ko'chiruvchi sifatida bolaning ota-onasi, qarindoshlari, ixtiyoriy homiy fuqaro yoki korxona va tashkilot qatnashishi mumkin. Omonatga qo'shimcha mablag'lar qabul qilinadi, ya'ni jamg'arib boriladi. Foiz summasi omonatga qo'shilib boriladi (kapitalizatsiya qilinmaydi). Qabul qilingan omonatning kelishilgan muddati tugagandan so'ng, bolalar voyaga yetganligi to'g'risidagi hujjat (pasport)ni olgandan so'ng, omonatga qo'yilgan mablag'ini hamda unga hisoblangan foizlarni olib ketish imkoniyatiga ega bo'ladi.

3

Stimul 2

6, 12 va 24 oy

 5%

  Mablag'lar AQSH dollarida qabul qilinadi. Qabul qilinadigan dastlabki so`mma 300 AQSH dollari va undan yuqori. Omonatga qo'shimcha mablag'lar qabul qilinadi hamda hisoblangan foiz to'lovlari omonatning muddati tugagandan so'ng to'lab beriladi. Hisoblangan foizlar AQSH dollarida to'lab beriladi (kapitalizatsiya qilinmaydi).

4

Ravnaq 2

12 oy

18%

     Ushbu jamg'arma omonatiga mablag'lar naqd pulda yoki online (MKB mobile ilovasi orqali) qabul qilinadi.  Hisoblangan foizlar mijozning xohishiga asosan har oyda plastik kartochkasiga o‘tkaziladi. Muddatli omonatga qo‘shimcha mablag‘ qabul qilinadi. Boshlang`ich badal 500 000 so`mdan.


 

 

Valyutalar kursi

07.07.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10180.00 10220.00 10184.73
EUR 11100.00 11700.00 11455.78
GBR 12400.00 12900.00 12713.60
JPY 90.00 100.00 94.74

Valyutalar konvertori