Kreditlar

Nashr uchun talqin

 

 ONLINE MIKROQARZ

  Online mikroqarz – “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartalarga masofaviy qarz taqdim etish turi.

    Bank tomonidan Online mikroqarz naqd pulsiz shaklda bank kartasiga “MKB Mobile” ilovasi orqali milliy valyuta – "soʼm"da -  3 oygacha boʼlgan muddatga ajratiladi.

   Onlayn mikroqarzning asosiy qismi foydalanishning oxirgi oʼttizinchi kunida qaytarish sharti bilan beriladi. Bunda, mijoz tomonidan oferta shartnomasi tasdiqlanganidan soʼng 3 bank ish kuni ichida foydalanish lozim, mijoz tomonidan foydalanilmagan taqdirda shartnoma keyingi kundan bekor qilinadi.

 Onlayn mikroqarz oluvchi jismoniy shaxs soʼnggi ish joyida kamida 6 oy ishlagan (kredit olish davrida ishlab turgan) boʼlishi lozim.

   Online mikroqarz dasturlashgan skoring tahlili asosida, qarz oluvchining bank plastik kartasiga oxirgi 4 oy davomida kirim boʼlgan ish haqi mablagʼlarini tahlil qilgan holda, oʼrtacha bir oylik ish haqining 50 foizi miqdorigacha, quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

   Online mikroqarz yillik foiz stavkasi: 24%

   3 oygacha muddatda beriladi.

    Kredit olish uchun asosiy talablar: 

    1. Qarzdorning boshqa kreditlari boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi boʼlmasligi

    2. Oxirgi 4 oy davomida bank kartasi orqali uzluksiz ish haqi tushumiga ega boʼlishi

  MIKROQARZ

    Mikroqarz naqd yoki qarz oluvchining nomiga milliy valyutada ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berish orqali amaldagi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 100 baravari miqdorida – 50 mln.soʼmgacha 12 oy muddatga ajratiladi. 

     Mikroqarz foizi:

    Naqd pul shaklida – 12 oygacha – yillik 28 foizdan kam bo`lmagan miqdorda                  

   Plastik kartochka orqali – 12 oygacha – yillik 27 foizdan kam bo`lmagan miqdorda                                        

   Qarz oluvchi mikroqarz olish uchun bankning xizmat ko‘rsatuvchi filialiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ariza (mikroqarz buyurtmasi);
  • qarz oluvchi pasporti (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
  • qarz oluvchining ish joyidan (hisob-kitob bo‘limi) oxirgi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida yoki qonuniy daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • kredit ta’minoti turlaridan biri.

Eslatma! Kredit miqdori BHMni 150 barobaridan oshgan taqdirda, likvidlik garov mulki taqdim etiladi

  OVERDRAFT KREDITI

    Jismoniy shaxslarga “MKB Mobile” ilovasi orqali overdraft kredit ajratish joriy etildi.

    “Qarz oluvchi” “MKB Mobile” ilovasi orqali overdraft krediti olishda filialga tegishli kredit hujjatlarini taqdim qilib 12 oy muddatga skoring tahlildagi belgilangan limit doirasidagi mablag‘ uchun yillik 24 foizdan kam bo`lmagan miqdorda kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi.

    Overdraft kredit shartnomasi imzolanib, kuchga kirgandan so‘ng “Qarz oluvchi” shaxsiy telefoni orqali “PLAY MARKET”dan “MKB Mobile” ilovasini yuklab oladi va “MKB Mobile” ilovasidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda oferta shartnomasi shartlari bilan tanishib chiqib elektron tarzda tasdiqlaydi.

   Bank tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng mijozga “MKB Mobile” ilovasi orqali overdraft kredit liniyasi ochilganligi hamda ID raqami ko‘rsatilgan holda SMS xabarnoma jo‘natiladi.

   “Qarz oluvchi” tomonidan “MKB Mobile” ilovasidagi “TO‘LOVLAR” modulidan “Bank operatsiyalari” yo‘nalishi orqali “Overdraft kredit” xizmatiga o‘tiladi. SMS xabarnoma orqali jo‘natilgan ID raqami kiritiladi. Shundan so‘ng overdraft kredit shartnoma summasi avtomat tarzda paydo bo‘ladi. Qarz oluvchi kunning hohlagan paytida pul mablag‘iga bo‘lgan ehtiyojlarini plastik kartasi orqali ishlata oladi.

   Overdraft krediti Mikrokreditbank tomonidan ish haqi va pensiya toʼlovlari hisob-kitobi uchun emissiya qilingan bank kartasi orqali beriladi;

  Overdraft limiti bank filiali kredit komissiyasi tomonidan kreditdan foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab har oyda kamayib borish tartibida oʼrnatiladi;

   Overdraft krediti oluvchi jismoniy shaxs soʼnggi ish joyida kamida 3 oy ishlagan (kredit olish davrida ishlab turgan) boʼlishi lozim;

   Overdraft krediti qarzdorning oʼrtacha oylik ish haqi yoki pensiyaning 3 barobari miqdorigacha ajratiladi;

  Overdraft krediti boʼyicha shartnoma muddati tugashidan kamida 30 kun oldin tomonlardan biri kredit shartnomasini muddatini uzaytirmaslik yuzasidan xabarnoma bermasa overdraft shartnomasiga qoʼshimcha kelishuv rasmiylashtirilgan holda yana 12 oyga uzaytirilishi mumkin;

  Overdraft kreditidan foydalanish davrida surunkasiga 60 kun davomida mijozning bank kartasiga pul mablagʼi kelib tushmasa, bank tomonidan ushbu kreditga limit berish toʼxtatiladi va kredit shartnomasining amal qilishi bekor qilinadi.

    Qarz oluvchilar bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qilishida:

  • pasport nusxasi;
  • kredit oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • jismoniy shaxs kafilligi (kafilning pasporti nusxasi, oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma).

   ISTE'MOL KREDITLARI

    Iste'mol krediti 18 (o'n sakkiz) yoshga to'lgan va muomala layoqatiga ega, doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tgan, shuningdek o'z faoliyati natijasida olinadigan daromadlar, hamda boshqa qonuniy daromad manbalarga ega bo'lgan jismoniy shaxslar (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlari fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar)ga ajratiladi.

    Iste'mol kreditlari O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilotning bankdagi hisob-varag'iga pul mablag'larini o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.

36 oygacha – yillik 28 foizdan kam bo`lmagan miqdorda

    Kredit oluvchilarga kredit mablag'lari quyidagi maqsadlar va muddatlarga ajratiladi:

   1. Davolanish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 60 barobarigacha 

  2. To'y marosimlarini o'tkazish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha 

 3. Avtomobillarga gaz ballonlari o'rnatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha  

 4. O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan dam olish maskanlarida dam olib davolanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobarigacha 

  5. Quyosh batareyalari sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida 

 6. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirish (qoraytirish) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha 

  7. Yashash sharoitini yaxshilash maqsadida turar joylarga temir darvoza, panjara, yog'och-alyumin eshik-romlar, santexnika jixozlari (uskunalari) sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha  

  8. Uy tomini yopish va ta'mirlash (shifer, tunuka, cherepitsa, yog'och va boshqalar) sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarigacha  

  9. Uy xo'jaligida foydalanish maqsadida suv nasoslari, elektr generatorlari sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobarigacha 

 10. Umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun zamonaviy maktab formalarini (bahor-kuz va qish mavsumida kiyiladigan) xarid qilish uchun maktab formasi narxining 50 foizigacha bo'lgan miqdorda, ya'ni bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarigacha 

  11. Mebellar, oshxona jihozlari, televideo apparaturalar, orgtexnikalar, sport anjomlari va boshqa uy-ro’zg’or buyumlari sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarigacha 

 12. Maxsus o’quv kurslarida (haydovchilik, hamshiralik, chevarlik, til o’rganish va boshqalar) o’qish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarigacha 

 13. Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati to’lovlari uchun (O’z.Res.MVning  ““Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag’lari” maxsus hisob raqamiga badal o’tkazish tartibi to’g’risida”gi shartnomada mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining belgilangan barobari miqdorigacha 

  14. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan motosikl va motomobil hamda skuterlar sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarigacha

     Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:

  • Pasport asli ko'rsatilgan xolda nusxasi taqdim etiladi;
  • Ish joyidan daromadlari to'g'risida ma'lumotnoma;
  • Qonunda belgilangan ta'minot turlaridan birini taqdim etishi kerak. 

  IPOTEKA KREDITI

  Kredit muddati – 6 oy imtiyozli davr bilan  20 yilni ham qo’shgan holda;

 Kredit foizi – Toshkent shahrida yillik 18%, viloyatlarda yillik 17% dan taklif etadi;

 Kredit toʼlov usuli – annuitet va differiansial usulida 

 Dastlabki badal barcha hududlarda bir xil 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorda.

  Kredit faqat birlamchi bozordagi xonadonlar xaridi uchun taqdim etiladi!

   Kredit miqdori:

  Qishloqlarda: Kvartira qiymatining 85 foizigacha va 238 mln soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda

 Viloyatlarning shahar hududlarida: Kvartira qiymatining 85 foizigacha va 309,4 mln soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda

 Toshkent shahrida: Kvartira qiymatining 85 foizigacha va 339,15 mln soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda

   Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qoʼyiladi:

  – ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;

  – ipoteka krediti boʼyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʼlov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega boʼlgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʼjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʼlishi;

  – qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovlari, yaʼni qarz yuki koʼrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʼrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʼlmasligi;

   – ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʼrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.

Bank o'z mablag'lari hisobidan birlamchi bozordagi ko'p qavatli uylardan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari:

   Kredit muddati – 5-7 yil (boshlang'ich badal 25%);

   Kredit foizi – 5 yilga – 23 foizdan kam bo`lmagan miqdorda, 7 yilga –  24 foizdan kam bo`lmagan miqdorda.

       Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • pasport nusxasi (yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat);
  • ipoteka krediti ajratish tog'risida ariza
  • qarz oluvchining ish joyidan so'nggi 12 oylik davomida olingan  daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma);
  • dastlabki oldi sotdi shartnomasi;
  • boshlang'ich badal shakllantirilganligi tog'risidagi ma'lumotnoma;
  • uy-joyning kadastr hujjati  

Ipoteka krediti olishda qarz oluvchining daromadlari yetarli  bo'lmaganda qo'shimcha kafil bo'lgan shaxslardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • kafilning pasport nusxasi
  • kafilning ish joyidan so'nggi 12 oy davomida olingan daromadlari tog'risidagi ma'lumotnoma. 

  AVTOKREDIT

      Avtokreditlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
              
     Kredit muddati: Muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;
 
     Kredit summasi: Avtotransport vositasining 100% miqdorida;
 
     Boshlang‘ich to‘lov:  Avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda.
 
     Foiz stavkasi:
 
     36 oygacha – yillik 27 foizdan kam bo`lmagan miqdorda
 
    Avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan ajratiladi.
 
   Ŕvtokredit olish uchun “Ŕvtoomonat” hisobvaragʼida shakllantirilgan depozit mablagʼlari kredit hisobiga sotib olingan avtomashina garovga qoʼyilib, garov shartnomasi va taqiq hujjatlari bankka taqdim etilgandan soʼng, kreditning asosiy qarzdorligini soʼndirishga yoʼnaltiriladi;
 
  Qarzdor tomonidan kredit hisobiga sotib olingan avtotransport vositasini litsenziyali taksi xizmati yoʼnalishida foydalanish uchun bankka murojaat qilganda mijoz oʼsha kundagi mavjud kredit qoldigʼining 50 foiz miqdorini soʼndirgandan soʼng ruxsat beriladi;
 
    Ŕvtokreditlar birlamchi bozordan avtotransport vositalarini sotib olish uchun ajratiladi.
 
     Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati: 
  • arizachi hamda kafil shaxsning pasporti;
  • arizachi hamda kafil shaxsning oxirgi 6 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • avtotransport vositasini sotib olish uchun shartnoma

      TA’LIM KREDITI

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun beriladi.

    Kredit shartlari

  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – yillik 25 foizdan kam bo`lmagan miqdorda

    Kredit ta'minoti

    Kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:

  • Mol-mulk garovi;
  • Uchinchi shaxs kafilligi;
  • Kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.

    Kerakli hujjatlar

  • Qarz oluvchining pasporti;
  • Ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • Talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
  • Kredit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.

 

     

   Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarga ajratiladigan mikroqarzlar boʼyicha:

Mikroqarzlar quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

Kredit muddati – 12 (oʼn ikki) oy muddatga;

Kredit miqdori – 2 000 000 (ikki million) soʼm mijozning omonat hisobraqamiga oʼtkazib beriladi. Mijozning omonat hisobraqamidan 50 000 soʼmi sugʼurta toʼlovi uchun, 1 950 000 soʼmi mahsulot (tovar va xizmatlar) uchun koʼchirib beriladi.

Bunda mehnat migrantlaridan bank filiallariga quyidagi hujjatlar toʼplamini taqdim etish talab etiladi: 

- ariza;

- qarz oluvchining pasporti (asli koʼrsatgan holda nusxasi taqdim qilinadi);

- mehnat organining iltimosnoma xati (elektron shaklda);

- taʼminoti turlaridan biri (Kredit qaytmaslik xatari sugʼurta polisi).

Shuningdek,

a) mikroqarzlar “labor-migration” dasturiy majmuasida roʼyxatdan oʼtgan mehnat migrantlariga taqdim etiladi;

b) qarz oluvchi mikroqarz olish boʼyicha arizalarni elektron tizim orqali taqdim etishi mumkin;

v) qarz oluvchi boʼyicha Kredit axborotining davlat reestri va Kredit byurolariga taqdim etilayotgan mikroqarz axboroti maʼlumotlari mikroqarz yigʼma jildidagi mikroqarz axborotiga mos boʼlishi lozim;

g) agarda mehnat migrantining muddati oʼtgan kredit qarzdorliklari mavjud boʼlsa mikroqarz ajratilmaydi;

d) bank kredit mablagʼlarini alohida ssuda hisobvaragʼidan mijozning omonat hisobraqamiga oʼtkazib beradi. Mijozning omonat hisobraqamidan 50 000 soʼmi sugʼurta toʼlovi uchun, 1 950 000 soʼmi mahsulot (tovar va xizmatlar) uchun koʼchirib beriladi;


 Diqqat! Barcha kredit turlari qarz oluvchining kredit to’loviga layoqatliligi asosida ajratiladi.

  

Mikroqarz kredit shartnomasi

Avto-kredit shartnomasi

Ipoteka kredit shartnomasi

Valyutalar kursi

09.04.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10420.00 10490.00 10473.07
EUR 12000.00 13000.00 12426.30
GBR 14000.00 15000.00 14391.05
JPY 90.00 115.00 95.59

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?