Mobile Banking

Nashr uchun talqin

Mobile Banking “MKB Mobile” – tez va qulay

“Mikrokreditbank” ATB tizimida jismoniy shaxslar uchun “Mobile Banking” xizmat turi ishga tushirildi.
Bunda mijoz mobil telefon apparati orqali istalgan joydan o‘z hisob raqamini boshqarishi va nazorat qilishi mumkin.

TIZIM IMKONIYATLARI:

-uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
-internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar;
-kommunal to‘lovlarini (elektr energiya, uztransgaz, toshissiqquvvat, suvsoz, maxsustrans) amalga oshirish;
-iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
-hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
-omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
-onlayn Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;
-byudjetga to'lovlar;
-mablag'larni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish.

 TIZIMNI O‘RNATISH VA FOYDALANISH

Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimida quyidagi usulda foydalanishlari mumkin: tizimning “Mobile Banking” ilova dasturida ishlashi uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi smartfon telefon apparati yordamida Play Market ilovalaridan “MKB Mobile" (logo belgisiga ega) yuklab olinadi.

"MKB Mobile" oferta shartnomasi yuklab olish

Omonat xizmatlari uchun "MKB Mobile" oferta shartnomasi yuklab olish

 

 

Valyutalar kursi

15.11.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8250.00 8320.00 8271.27
EUR 9000.00 9500.00 9374.66
GBR 10200.00 10800.00 0.00
JPY 68.50 73.00 72.67

Valyutalar konvertori