Unistream

Nashr uchun talqin

Unistream tizimi – bu Rossiya, MDH davlatlari va butun dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalaridir. Unistream xalqaro pul o‘tkazmalari tizimining 90 ga yaqin mamlakatdagi 22000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish shahobchalari orqali dunyoga pul mablag‘larini jo‘natish va olish imkoniyatini beradi.

Ushbu tizimning afzalliklari:
•    o‘tkazmani olish tezligi (10 - 15 daqiqadan boshlab);
•    quyi darajadagi tariflar (1–2 % dan boshlab);
•    oluvchi tomonidan xarajatlar qilinmasligi;
•    o‘tkazmani rasmiylashtirishning qulay va osonligi;
•    pul o‘tkazmalarining naqd pul shaklida qabul qilinishi va berilishi.

Unistream o‘tkazmalarini jo‘natish/olish uchun nimalar zarur?

Pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun jo‘natuvchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
•    o‘zi bilan birga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasiga ega bo‘lish.
•    zaruriyat bo‘lgan hollarda (jo‘natuvchi mamlakatning qonunlariga muvofiq) valyutani manbaasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish.
•    amaliyotlarni amalga oshiruvchi xodim elektron ko‘rinishdagi “O’tkazma arizasi”ni to‘ldiradi va imzolash uchun jo‘natuvchiga beradi.

Pul o‘tkazmasini olish uchun oluvchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
•    o‘zi bilan birga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasiga ega bo‘lish;
•    o‘tkazmaning nazorat raqamini bilish;
•    amaliyotlarni amalga oshiruvchi xodim elektron ko‘rinishdagi “Pul o‘tkazmasini olish arizasi”ni to‘ldiradi hamda imzolash uchun oluvchiga beradi.

<< Ortga   Valyuta ayirboshlash shoxobchalari dislokatsiyasi

Valyutalar kursi

18.01.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8360.00 8400.00 8356.18
EUR 9300.00 9600.00 9582.03
GBR 10300.00 10650.00 10730.17
JPY 73.00 77.00 76.99

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?