Zolotaya Korona

Nashr uchun talqin

“Zolotaya Korona” hisobraqam ochmasdan turib lahzalik manzilsiz pul o‘tkazmalari tizimi – bu Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston, Ukraina,  Turkiya va Xitoy mamlakatlarida joylashgan 34 000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish shahobchalaridir.
Tizim pul o‘tkazmalari bozorida 2003 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va bir qator jahon miqyosidagi va mahalliy pul o‘tkazmalari tizimlari bilan hamkorlik tufayli dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatda joylashgan shahobchalarga ega.

Biz quyidagilarni kafolatlaymiz:
•    o‘tkazmalarni pul o‘tkazish shohobchalari orqali jo‘natish va berish tarmog‘i;
•    o‘tkazish tezligi – uni u jo‘natilgandan keyin kiska vakt ichida olish mumkinligi;
•    manzilsizlik – o‘tkazmani rasmiylashtirishda faqat u o‘tkaziladigan mamlakat va shaharni ko‘rsatish zarur. Oluvchining o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan shahobchani uning uzi tanlashi mumkin.

Pul o‘tkazmalari uchun kartani oling
Pul o‘tkazmalari kartasi bir marta rasmiylashtiriladi va unda o‘tkazmani jo‘natuvchi va o‘tkazmani oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi.

Kartani olgandan sung:
•    Sizga o‘tkazmalarni jo‘natish uchun qog‘ozli arizani to‘ldirishning xojati qolmaydi
•    Siz shunchaki bank xodimiga o‘z pasportingiz, karta va o‘tkazish uchun pulni berasiz.

Bank xodimi bir necha daqiqa ichida o‘tkazmani rasmiylashtiradi va Sizga pasportingiz, karta xamda oluvchiga xabar berish kerak bo‘lgan raqam ko‘rsatilgan chekni qaytarib beradi. O’tkazma jo‘natildi. Endi uni olish mumkin.

O’tkazmani jo‘natish tartibi
“Zolotaya Korona” tizimi bo‘yicha o‘tkazmalarni butun dunyoda joylashgan 34 000 dan ortiq shahobchalarining istalganidan jo‘natish mumkin.
O’tkazmani jo‘natish uchun Sizdan faqat pasport talab qilinadi. O’tkazmalarni hamkor-banklar ofislarida jo‘natish mumkin.
Agar Siz “Zolotaya Korona” tizimi bo‘yicha ilk marta o‘tkazmani jo‘natayotgan bo‘lsangiz, Sizga pul o‘tkazmalari Kartasini rasmiylashtirish taklif etiladi. Jo‘natuvchi va oluvchilar to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar bazasiga faqat bir marta kiritiladi va Sizni keyingi jo‘natishmalar vaqtida maxsus blankalarni to‘ldirish tartibini bajarishdan xalos qiladi.
Pul o‘tkazmalari kartasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish atigi 3 daqiqani tashkil qiladi. O’tkazish tezligi esa – lahzali! “Zolotaya Korona” tizimi bo‘yicha o‘tkazmalarni jo‘natishda Sizdan xattoki oluvchining aniq yashash manzilini ko‘rsatish ham talab qilinmaydi – faqat shaharning o‘zini ko‘rsatish yetarli. Oluvchining o‘zi tanlashi o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan shahobchani tanlashi mumkin.
Oluvchini unga pullarning jo‘natilganligi va uni berish amalga oshiriladigan o‘tkazma raqamini yozib olish yoki yodlab qolishi shart emasligi to‘g‘risida xabardor qilinadi.

Qanday olish mumkin?
O’tkazmani olish uchun faqat ushbu raqam va shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi. Olishda o‘tkazma summasini ko‘rsatish shart emas.
“Zolotaya Korona” o‘tkazmalarini olish doimo bepul, xizmatlar uchun vositachilik haqini jo‘natuvchi to‘laydi.
O’tkazmani tizimda saqlash muddatining 60 kundan iborat ekanligini yodda tuting. Ushbu muddat nihoyasiga yetishi bilan jo‘natuvchi o‘tkazmani rasmiylashtirish amalga oshirilgan bank shahobchasiga murojaat qilishi kerak.

<< Ortga   Valyuta ayirboshlash shoxobchalari dislokatsiyasi

Valyutalar kursi

24.05.2019 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8440.00 8490.00 8460.92
EUR 8800.00 9600.00 9439.00
GBR 10600.00 11200.00 10760.60
JPY 73.00 78.00 76.87

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?