Jismoniy shaxs xizmatlari

Nashr uchun talqin

 

    "Mikrokreditbank" kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo`li bilan yangi ish o`rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarida aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo`lishini ta`minlash uchun moliyaviy mablag`lar berishni yanada kengaytirishga da`vat etilgan.

     Bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalaridagi bankning 71 ta filiali, 76 ta bank xizmatlari markazi va 33 ta mini-banklari tomonidan 1 245 mingdan ortiq aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ta'minlanmoqda.

    "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki o`z mijozlariga milliy hamda chet el valyutasida quyidagi bank xizmatlarini ko`rsatadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning xisob-varaqalarini ochish va hisob-varaqalar bo`yicha hisob-kitob yuritish;
  • omonatlarni jalb qilish;
  • kreditlar va uning foizlarini o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash bilan, o`z mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobidan o`z nomidan kreditlar berish;
  • mablag` egasi yoki mablag`ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag`larini boshqarish;
  • pul mablag`larining to`lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassa qilish;
  • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
  • qimmatli qog`ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog`ozlarni boshqarish, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish;
  • bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko`rsatish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po`lat sandiqlarni ijaraga berish;
  • WESTERN UNION xalqaro pul ko`chirish xizmatlarini amalga oshirish;
  • moliya lizing xizmatlari ko`rsatish.

Xizmat ko`rsatish tariflari 

 

Valyutalar kursi

26.02.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10490.00 10550.00 10538.53
EUR 12300.00 13500.00 12879.14
GBR 14200.00 15000.00 14938.37
JPY 90.00 115.00 99.38

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz