UPAY

Nashr uchun talqin

    “UPAY” tizimi O’zbekiston Respublikasining “Elektron to’lovlar to’g’risidagi” Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida elektron tijoratni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun ishlab chiqildi.  “UPAY” ning ustuvorligi uning yordamida istalgan turdagi mobil aloqa, Internet shuningdek SMS vositasida naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirish mumkinligidir.

    Bizning tizim yordamida o'zingizning bank plastik kartochkangizdagi mablag’lardan maksimal imkoniyatda foydalanish inkoniyatiga ega bo’lasiz. “UPAY” tizimi orqali turli hildagi tovar va xizmatlar uchun onlayn to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun siz bir marotaba sizga xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga o'zingizning passport va mobil telefoningiz bilan tashrif buyurishingiz va “UPAY” tizimida ro’yxatdan o’tishingiz lozim. Bank xodimi bir necha daqiqa ichida Sizni va sizning mobil telefon raqamingizni tizimda ro’yxatdan o’tkazib, mobil telefoningizga mahsus ilova o'rnatadi hamda Sizga qat`iy sir tutishingiz lozim bo’lgan unikal login va parol taqdim etadi. Bu Sizning mobil telefoningiz bank plastik kartochkangizga ulanganini bildiradi.      

    Biz o’zimizning mobil telefonimizdan aloqa, foto kamera yoki mp3 qurilmasi sifatida foydalanishga ko’nikib qolganmiz, lekin to’lov vositasida sinab ko’rmaganmiz. Bank tomonidan o’rnatilgan mobil ilova yordamida Internet aloqasisiz bir necha soniya ichida istalgan turdagi Tovar va xizmatlar uchun to’lov amalga oshirishingiz mumkin.  

   “UPAY” tizimidan foydalangan holda quyidagi xizmat turlari uchun to’lov amalga oshirish mumkin:

    •    Mobil aloqa hizmatlari - Beeline, Ucell, Perfectum Mobile,
    •    Internet provayderlar xizmatlari - Sarkor ADLS, Ars-Inform, TPS, Buzton, Sharq telekom,
    •    Kommunal hizmatlar – elektrenergiyasi, yer va mulk solig’i.



KABINETGA KIRISH

Ma'lumotni yuklab olish (DOC, 26.0 KB)

 

O`zgartirilgan sana: 12.03.2018y.

Valyutalar kursi

11.12.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8310.00 8360.00 8312.64
EUR 9250.00 9550.00 9456.46
GBR 10200.00 10650.00 10578.67
JPY 70.00 75.00 73.75

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz