Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40

Yangiliklar


"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to`g`risida" 2006 yil 5 maydagi PF-3750-son Farmoni bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta`minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan. 

 "Mikrokreditbank"ning asossiy vazifalari:

  • Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga, fermer va dehqon xo`jaliklariga o`zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko`lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko`rsatish;
  • Mikrokreditlar berish hamda mikrolizing yo`li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash xisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko`maklashish;
  • Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to`lash bo`yicha majburiyatlari ta`minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta`minlash;
  • Mikrokredit berish va mikrolizing bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiya va grantlarini jalb etish;
  • Ayniqsa qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga xizmat ko`rsatish uchun qo`shimcha imkoniyatlarni ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish.

 

 

 
 

Savollar va Javoblar

Xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun qanday mikrokredit turlari mavjud?Akmal
 
Dastlabki (boshlangich) sarmoyani shakllantirish uchun mikrokredit yuridik maqomiga ega bolgan tadbirkorlik subyekti, mikrofirma, oilaviy korxona hamda yuridik shaxs maqomiga ega bolgan dehqon xojaligi va fermer xojaliklariga buyurtma taqdim etilgan holda davlat royxatidan otkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida beriladi. Dastlabki (boshlangich) sarmoyani shakllantirish uchun mikrokredit muddati 18 oy.
 
 

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi