
“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv qaroriga asosan Toshkent shahar, Bektemir tumani, Bektemir shox ko‘chasi 124-uyda faoliyat yuritib kelayotgan “Mikrokreditbank” ATB Bektemir Bank xizmatlari markazining yuridik manzili va nomi o‘zgardi.
Endilikda Bektemir BXM mijozlari yangi nom va manzildagi Uchtepa BXMda — Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Guzar MFY, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 25-uy manziliga kelishlari hamda bank xizmatlaridan doimiy tartibda foydalanishlari mumkin.
Taʻkidlash kerakki, 24/7 tarzda faoliyat koʻrsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan taʼminlangan Uchtepa BXM tomonidan aholi va mijozlarga barcha turdagi xizmatlar koʻrsatiladi.














